Kuzatuvchi » Siyosiy » NOGIRONLIK PENSIYASI

NOGIRONLIK PENSIYASI

Nogironlik pensiyalari qonunchilikda belgilangan tartibda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar deb topilgan shaxslarga, shuningdek Chernobil AESdagi avariya tufayli mayib bo‘lish yoki kasallik oqibatida III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar deb topilgan shaxslarga tayinlanadi.

  • Nogironlik sabablari va guruhlari, shuningdek nogironlik boshlangan vaqt va nogironlikning qancha muddatga belgilanishi Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari (TIEK) tomonidan aniqlanadi.

Nogironlik pensiyasi TIEK tomonidan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar deb topilgan, sug‘urta qilingan xodimlarga:

  • mehnatda mayib bo‘lganligi yoki kasb kasalligiga chalinganligi tufayli — mehnat faoliyatining muddatidan qat’i nazar;
  • boshqa sabablar tufayli — muddati sug‘urta qilingan xodimning nogironlik ro‘y bergan vaqtdagi yoshiga bog‘liq tegishli umumiy mehnat stajiga ega bo‘lgan taqdirda tayinlanadi.
  • Pensiya tayinlash haqida murojaat qilish

Pensiya tayinlash masalalari bo‘yicha yashash joyidagi Pensiya jamg‘armasining bo‘limlariga:

  • ishlayotganlar  tashkilot ma’muriyati orqali;
  • dehqon xo‘jaliklari a’zolari, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar ariza bilan murojaat qiladilar;
  • ishlamaydigan fuqarolar arizani mustaqil o‘zlari  yashash joyidagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga beradilar.

                                                             

                Bahodir YUSUPOV, 

      Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

 

Boshqa maqolalar

TEGISHLI MA’LUMOTGA EGA SHAXSLAR AHOLIGA PSIXOLOGIK YORDAM

personmaftuna 10-12-24, 10:52
0 TEGISHLI MA’LUMOTGA EGA SHAXSLAR AHOLIGA PSIXOLOGIK YORDAM KO‘RSATADI

“Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-989-son, 05.11.2024 - y.) qabul qilindi. Qonun aholiga...

“QOʻQON” ERKIN IQTISODIY ZONA HUDUDI KENGAYTIRILMOQDA

personmaftuna 05-08-24, 20:21
0 “QOʻQON” ERKIN IQTISODIY ZONA HUDUDI KENGAYTIRILMOQDA

Prezidentning 10.07.2024-yildagi “Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasi hududini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi...

ТАДБИРКОРЛАР ТОМОНИДАН МОЛИЯВИЙ ХИЗМАТЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШ

personmaftuna 03-06-25, 11:37
0 ТАДБИРКОРЛАР ТОМОНИДАН МОЛИЯВИЙ ХИЗМАТЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШ ИМКОНИЯТИ КЕНГАЙТИРИЛАДИ

Қонун билан (ЎРҚ-1058-сон, 17.04.2025 й.) айрим қонун ҳужжатларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритилди. “Валютани...

menu
menu