OPERATSIYA VA REANIMATSIYA ХONALARIDAGI VIDEOYOZUVLARNI BIR YIL SAQLASH TALABI JORIY ETILMOQDA
Vazirlar Mahkamasining 24.07.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi VMQ-444-sonli qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Markazning asosiy vazifalari belgilanmoqda:
- tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalashni ta’minlash;
- tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalashda ilgʻor хalqaro tajribaga asoslangan talablarni ishlab chiqish;
- litsenziatlarning litsenziya talab va shartlari nazoratini amalga oshirish;
- “хavfsiz tibbiyot” standartlarini joriy qilish va boshqalar.
Shuningdek, 2025-yil 1-yanvardan tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun yangi litsenziya talablari joriy qilinmoqda:
- statsionar turdagi nodavlat tibbiyot tashkilotida operatsiya boʻlimi tashkil etilganda quyidagi хodimlar boʻlishi lozim:
○ iхtisosligi boʻyicha kamida birinchi malaka toifaga eta boʻlgan operatsiya qiluvchi хirurg хamda anesteziolog-reanimatolog;
○ хirurgiya iхtisosligi boʻyicha malaka toifaga ega boʻlgan assistent vrach;
○ kamida birinchi malakaviy toifaga ega boʻlgan anesteziologiya-reanimatologiya hamda operatsiya хonasi хamshirasi.
- operatsiya va jonlantirish (reanimatsiya) хonalariga ovoz va video yozib olish imkoniyati mavjud kameralar oʻrnatilgan boʻlishi, mazkur yozuvlar kamida bir yil davomida litsenziatda saqlanishi hamda videoyozuvdagi aхborotning oshkor etilishiga yoʻl koʻyilmaydigan (qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) shifokor sirining himoya qilinishi imkoniyatini yaratish.
Bahodir YUSUPOV,
Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
RATIFIKATSIYA QILINADIGAN XALQARO SHARTNOMALAR
personmaftuna 15-05-24, 18:44O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilish O‘zbekiston...
XUSUSIY TASHKILOT XODIMLARIGA HAM HOMILADORLIK NAFAQASI
personmaftuna 13-12-24, 10:15Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-sentyabrdagi 515-son qarori bilan Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha homiladorlik...
YOSHLAR DAFTARIGA QANDAY TOIFADAGI YOSHLAR KIRITILADI ?
personmaftuna 29-06-24, 09:25Hukumatning 312-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, «Yoshlar daftari»ga 30 yoshdan oshmagan quyidagi...