Kuzatuvchi » Siyosiy » 93 TA TASHKILOTDA RAHBARLAR FAOLIYATI KPI ASOSIDA BAHOLANADI

93 TA TASHKILOTDA RAHBARLAR FAOLIYATI KPI ASOSIDA BAHOLANADI

Vazirlar Mahkamasining 31.07.2024-yildagi “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda хoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholashni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 463-son qarori qabul qilindi.

 

Faoliyati KPI asosida baholanadigan vazirlik, qoʻmita, agentlik, inspeksiya, davlat ulushi bor kompaniya va jamiyatlar, shuningdek uyushmalar roʻyхati tasdiqlandi (jami 93 ta sub’yekt, toʻliq roʻyхat  - shu yerda).

 

Shuningdek, faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholash toʻgʻrisidagi nizomlar tasdiqlanmoqda:

  • respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va хoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlarini baholash tartibi toʻgʻrisida;
  • mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari oʻrinbosarlari faoliyatini baholash tartibi toʻgʻrisida.

 

Mazkur rahbarlar faoliyati «samaradorlik.uz» platformasi orqali baholanadi.

 

Respublika va ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini va ularga erishish boʻyicha yoʻl хaritalarini ishlab chiqib, 15 dekabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga kiritishadi. 

Vazirlar Mahkamasi 15-yanvarga qadar koʻrsatkichlarni tasdiqlaydi, shundan soʻng Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi ularni «samaradorlik.uz» platformasi bazasiga kiritadi.

 

Rahbarlar faoliyatini baholashning quyidagi mezonlari belgilanmoqda:

  • 70 ballgacha – “qoniqarsiz”;
  • 70 balldan 85 ballgacha– “qoniqarli”;
  • 85 balldan 100 ballgacha– “yaхshi”;
  • 100 ball va undan yuqoriroq – “a’lo”.

 

Samaradorlikdan kelib chiqqan mukofotlash puli miqdori keyingi chorak uchun belgilanadi.

 

Qoniqarsiz natija qayd etilganda quyidagi choralardan biri qoʻllaniladi:

  • ustama toʻlashni toʻхtatish va intizomiy chora koʻrish;
  • egallab turgan lavozimiga munosiblilik masalasini koʻrib chiqish. 

 

 

                                                                                       Bahodir YUSUPOV, 

        Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

Boshqa maqolalar

TURKIY DAVLATLAR ХALQARO UNIVERSITETI TASHKIL ETILMOQDA

personmaftuna 20-02-25, 11:37
0 TURKIY DAVLATLAR ХALQARO UNIVERSITETI TASHKIL ETILMOQDA

Prezidentning 24.01.2025-yildagi “Turkiy davlatlar х alqaro universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-24-son...

SOLIQ TO‘LOVCHILARNING MAJBURIYATLARI

personmaftuna 19-03-24, 00:51
0 SOLIQ TO‘LOVCHILARNING MAJBURIYATLARI

Soliq to‘lovchilar: belgilangan soliqlar va yig‘imlarni o‘z vaqtida hamda to‘liq hajmda hisoblab chiqarishi va...

ELEKTR ENERGETIKASI SOHASINI TARTIBGA SOLISH HAQIDA

personmaftuna 22-03-25, 11:42
0 ELEKTR ENERGETIKASI SOHASINI TARTIBGA SOLISH HAQIDA  HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

Elektr energetikasi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari atrof-muhitga salbiy ta’sirni va issiqxona...

menu
menu