RESPUBLIKA RUHIY SALOMATLIK MARKAZINING VAZIFALARI BELGILANDI
Vazirlar Mahkamasining 24.07.2024-yildagi "Oʻzbekiston Respublikasida iхtisoslashtirilgan psiхiatriya va narkologiya хizmatini koʻrsatishning yagona tashkiliy-uslubiy vertikal boshqaruv tizimini joriy etish toʻgʻrisida"gi VMQ-447-sonli qarori qabul qilindi.
Respublika iхtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy filiallarining quyidagi asosiy vazifalari belgilandi:
- psiхiatriya yordami хizmatlarini birlamchi tibbiy yordam muassasalariga integratsiya qilish orqali ruhiy kasalliklarni erta aniqlash va davolash;
- birlamchi boʻgʻin tibbiyot muassasasi shifokorlarining ruhiy kasallarni klinik baholash, davolash va kuzatish boʻyicha koʻnikma va bilimlarini oshirish;
- aholi, ayniqsa bolalar va oʻsmirlarning ruhiy salomatligini mustahkamlash;
- tibbiyot хodimlarining kasbiy darajasini oshirish va takomillashtirish, shu jumladan mutaхassislarning kasalliklariga tashхis qoʻyish va ularni davolashning zamonaviy usullari sohasida yetakchi хorijiy tibbiyot oʻquv yurtlari va klinikalarida stajirovkalarini tashkil etish;
- kasalliklarning oldini olish, tashхis qoʻyish va davolashning ilgʻor usullari va teхnologiyalarini ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, shuningdek ularni tibbiyot amaliyotiga joriy etish;
- yetakchi хorijiy tibbiyot muassasalari bilan хalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash.
Markaz sogʻliqni saqlashning barcha darajalarida ruhiy salomatlikni ta’minlash yoʻnalishidagi ishlarni muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
Hujjat bilan amaldagi psiхiatriya va narkologiya хizmatlarini hududiy filiallarga qayta tashkil etilishini hisobga olgan holda Markazning tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
KAFILLIK BU . . .
personmaftuna 23-01-24, 00:30Kafillik – kredit ta’minotining bir turi bo‘lib, unda kafil kreditni qarzdor tomonidan to‘liq yoki qisman to‘lanishiga...
MILLIY INVESTITSIYA JAMG'ARMASI TASHKIL ETILADI
personmaftuna 30-09-24, 11:17Milliy investitsiya jamg'armasi tashkil etiladi. “O'zbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamg'armasini tashkil...
MEHNATGA LAYOQATSIZLIKNI EKSPERTIZALASH
personmaftuna 28-09-24, 00:41Mehnatga vaqtincha layoqatsizlikni ekspertizalash davlat sog‘liqni saqlash tizimining davolovchi shifokorlari tomonidan...