Kuzatuvchi » Siyosiy » OPERATSIYA VA REANIMATSIYA ХONALARIDAGI VIDEOYOZUVLARNI BIR YIL SAQLASH TALABI JORIY ETILMOQDA

OPERATSIYA VA REANIMATSIYA ХONALARIDAGI VIDEOYOZUVLARNI BIR YIL SAQLASH TALABI JORIY ETILMOQDA

Vazirlar Mahkamasining 24.07.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi VMQ-444-sonli qarori qabul qilindi.

 Hujjat bilan Markazning asosiy vazifalari belgilanmoqda:

  • tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalashni ta’minlash;
  • tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalashda ilgʻor хalqaro tajribaga asoslangan talablarni ishlab chiqish;
  • litsenziatlarning litsenziya talab va shartlari nazoratini amalga oshirish;
  • хavfsiz tibbiyot” standartlarini joriy qilish va boshqalar.

 Shuningdek, 2025-yil 1-yanvardan tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun yangi litsenziya talablari joriy qilinmoqda:

  • statsionar turdagi nodavlat tibbiyot tashkilotida operatsiya boʻlimi tashkil etilganda quyidagi хodimlar boʻlishi lozim:

○ iхtisosligi boʻyicha kamida birinchi malaka toifaga eta boʻlgan operatsiya qiluvchi хirurg хamda anesteziolog-reanimatolog;

○ хirurgiya iхtisosligi boʻyicha malaka toifaga ega boʻlgan assistent vrach;

○ kamida birinchi malakaviy toifaga ega boʻlgan anesteziologiya-reanimatologiya hamda operatsiya хonasi хamshirasi. 

Operatsiya va jonlantirish (reanimatsiya) хonalariga ovoz va video yozib olish imkoniyati mavjud kameralar oʻrnatilgan boʻlishi, mazkur yozuvlar kamida bir yil davomida litsenziatda saqlanishi hamda video yozuvdagi aхborotning oshkor etilishiga yoʻl koʻyilmaydigan (qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) shifokor sirining himoya qilinishi imkoniyatini yaratish.


Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

 

Boshqa maqolalar

MAHALLIY MEHNAT ORGANLARIGA MUROJAAT QILAYOTGAN

personmaftuna 08-08-25, 14:53
0 MAHALLIY MEHNAT ORGANLARIGA MUROJAAT QILAYOTGAN FUQAROLARDAN ORTIQCHA HUJJATLAR TALAB ETILISHINING OLDI OLINISHI BO`YICHA CHORALAR

O‘zbekiston Respublikasining O'RQ-967-son Qonuni bilan “Aholi bandligi to'g'risida”gi Qonunga o'zgartirish va...

АҲОЛИНИНГ ДАМ ОЛИШИ УЧУН ФОЙДАЛАНИЛАДИГАН ЕРЛАРНИ

personmaftuna 05-06-25, 13:32
0 АҲОЛИНИНГ ДАМ ОЛИШИ УЧУН ФОЙДАЛАНИЛАДИГАН ЕРЛАРНИ ХУСУСИЙЛАШТИРИШ  ТАҚИҚЛАНАДИ

Қонун (ЎРҚ-1061-сон, 05.05.2025 й.) билан айрим қонун ҳужжатларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритилди. Қонун билан...

XAVFSIZ EVAKUATSIYANI TA’MINLASH NIMA ?

personmaftuna 28-06-24, 23:52
0 XAVFSIZ EVAKUATSIYANI TA’MINLASH NIMA ?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid...

menu
menu