Kuzatuvchi » Siyosiy » DAVLAT OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA OʻQISHGA QABUL QILISH BOʻYICHA DAVLAT BUYURTMASI PARAMETRLARI TASDIQLANDI

DAVLAT OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA OʻQISHGA QABUL QILISH BOʻYICHA DAVLAT BUYURTMASI PARAMETRLARI TASDIQLANDI

Prezidentning 19.07.2024-yildagi F-36-son farmoyishi bilan 2024/2025 oʻquv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi.

Prezidentning 24.05.2024-yildagi "Oliy ta’lim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi PF-81-son Farmoniga muvofiq bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari boʻyicha kunduzgi ta’lim shaklida davlat buyurtmasi parametrlarini tasdiqlash tartibi joriy etildi.

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul imtihonlari "avval test, keyin tanlov" tamoyili asosida oʻtkaziladi.

2024/2025 oʻquv yili uchun davlat oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi:

● kunduzgi ta’lim shaklida bakalavrlar tayyorlash - 34 838 kishi;

● magistrlar tayyorlash - 9 365 kishi.

Davlat komissiyasiga bir hafta muddatda 2024/2025 oʻquv yili uchun quyidagilarni tasdiqlash topshirildi:

a) bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga qabul qilish boʻyicha:

● oliy ta’lim muassasalari, ta’lim shakllari va tillari kesimida umumiy qabul parametrlari;

● imtiyozlarga ega abituriyentlar uchun qoʻshimcha qabul parametrlari;

● tegishli bakalavriat ta’lim yoʻnalishi boʻyicha oʻtgan oʻquv yilidagi oʻrtacha oʻtish ballini hisobga olgan holda davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilishning minimal oʻtish balli;

● hududlar, sohalar va tarmoqlarning buyurtmalariga muvofiq kadrlarga boʻlgan ehtiyojini ta’minlash uchun davlat granti asosidagi umumiy qabul parametrlari doirasida maqsadli qabul kvotalari va ushbu kvotalarning tumanlar (shaharlar) kesimida taqsimlanishi;

● ta’lim sohalari (bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari) kesimida har bir ta’lim yoʻnalishi boʻyicha umumiy qabul parametrlarida davlat granti kvotasining ulushi;

b) oliy ta’lim muassasalari va ta’lim tillari kesimida davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida boʻlingan holda magistratura mutaхassisliklariga qabul parametrlari.

Davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish chogʻida toʻplangan ballarga qoʻshimcha ball shaklidagi imtiyozga ega boʻlgan, 2024/2025 oʻquv yili uchun tanlangan ta’lim yoʻnalishi boʻyicha ma’lum oʻtish ballini va undan yuqori ball toʻplagan abituriyentlar toʻplangan ballarga muvofiq ravishda qoʻshimcha kvota doirasida davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

Boshqa maqolalar

OʻZBEKISTON YADRO ХAVFSIZLIGI BOʻYICHA ХALQARO

personmaftuna 11-02-25, 02:24
0 OʻZBEKISTON YADRO ХAVFSIZLIGI BOʻYICHA ХALQARO SHARTNOMALARGA QOʻSHILADI

Prezident 24.12.2024-yildagi "Sanoat, radiatsiya va yadro х avfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish...

RAQAMLI MARKIROVKA QOIDALARIGA RIOYA QILINISHINI NAZORAT

personmaftuna 07-06-25, 20:19
0 RAQAMLI MARKIROVKA QOIDALARIGA RIOYA QILINISHINI NAZORAT QILISH BO'YICHA HUDUDLARARO SOLIQ INSPEKSIYASI TASHKIL ETILADI

Qarorga ko'ra, (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/9448) Raqamli markirovka qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish...

ИНСОФСИЗ ИЖРОЧИЛАР РЕЕСТРИ ШАКЛЛАНТИРИЛАДИ

personmaftuna 01-09-25, 02:10
0 ИНСОФСИЗ ИЖРОЧИЛАР РЕЕСТРИ ШАКЛЛАНТИРИЛАДИ

“Инсофсиз ижрочиларнинг ягона реестрини шакллантириш тартиби тўғрисида”ги низом Адлия вазирлигида давлат рўйхатидан...

menu
menu