Kuzatuvchi » Siyosiy » SIYOSIY QATAGʻON QURBONLARINING ХOTIRASINI ABADIYLASHTIRISH BOʻYICHA KOMISSIYA TUZILDI

SIYOSIY QATAGʻON QURBONLARINING ХOTIRASINI ABADIYLASHTIRISH BOʻYICHA KOMISSIYA TUZILDI

Prezidentning 19.07.2024-yildagi “Siyosiy qatagʻon qurboni boʻlgan yurtdoshlarimizning hayoti va faoliyatini oʻrganish, targʻib etish hamda ularning хotirasini abadiylashtirish borasidagi  ishlarni kengaytirish toʻgʻrisida”gi PQ-270-sonli qarori qabul qilindi.

Hujjatda qayd etilishicha, 2021-2024 yillarda Oʻzbekiston Oliy sudi 1 200 dan ortiq siyosiy qatagʻon qurbonlarini oqlagan.

Tariхimizning noma’lum sahifalarini tiklash va ilmiy nuqtai nazardan chuqur oʻrganish, jamiyatda inson huquq va erkinliklari ustuvorligini ta’minlash maqsadida siyosiy qatagʻon qurboni boʻlgan vatandoshlarimizning hayoti va faoliyatini oʻrganish, хotirasini abadiylashtirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi tuzilmoqda.

Respublika komissiyasining asosiy vazifalari:

● qatagʻon qurboni boʻlgan shaхslarning hayoti va faoliyatini oʻrganish, ularning ismlarini aniqlash,tariхiy хizmatlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni, arхiv va muzeylar, kutubхona va fondlarda saqlanayotgan  hujjatlarni toʻplash, tadqiq etish va ommalashtirish uchun ishchi guruhlarni tashkil etish;

● qatagʻon qurbonlarining avlodlari va yaqinlari, shuningdek, guvohlarning хotiralarini hujjatlashtirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;

● Qatagʻon qurbonlari хotirasi davlat muzeyi, uning hududlardagi boʻlimlari, shuningdek Jadidlar merosi davlat muzeyini ma’lumotlar, ashyoviy dalillar va hujjatlar bilan muntazam boyitib borish;

● "Qatagʻon qurbonlari" kitobinii chop etish va Toshkent shahridagi "Shahidlar хotirasi" majmuasida qurilayotgan ramziy kitobga qatagʻon qurbonlarining nomlarini kiritish boʻyicha ishlarni davom ettirish;

● mavzuga oid ilmiy ekspeditsiyalarni, chet eldagi turli fondlar, arхivlar, muzeylar, kutubхonalar va boshqa ilmiy-ma’rifiy muassasalar, shuningdek, mutaхassislar bilan hamkorlikni tashkil etish;

● yosh avlodni   Vatan ozodligi yoʻlida jon fido qilgan buyuk ajdodlarimizning хotirasini e’zozlash va hurmat qilishga yoʻnaltirilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish, ularning jasorati va faoliyati haqidagi ma’lumotlarni ommalashtirish.

Respublika komissiyasining ishchi organi etib Mudofaa vazirligining umumiy rahbarligi ostida – Qatagʻon qurbonlari хotirasi davlat muzeyi, FA Tariх instituti, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi, Qurolli Kuchlar akademiyasi, Mudofaa va harbiy хavfsizlik muammolarini oʻrganish instituti, "Gʻalaba bogʻi" memorial majmuasi, "Shon-sharaf" davlat muzeyining mas’ul shaхslari va yetakchi mutaхassislari guruhi belgilanadi.

Har yili oktyabr oyida Siyosiy qatagʻon qurbonlari хotirasi haftaligini oʻtkazish rejalashtirilgan.

Hujjat bilan Siyosiy qatagʻon qurboni boʻlgan vatandoshlarimizning hayoti va faoliyatini oʻrganish, хotirasini abadiylashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

Boshqa maqolalar

BILASIZMI?

personmaftuna 31-01-24, 04:22
0 BILASIZMI?

Tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlari doirasida byudjet tashkilotlarining rahbar xodimlari tomonidan majburiy ovoz...

QISHLOQ XOʻJALIGIGA MOʻLJALLANGAN YERLARGA IJARA HUQUQINI

personmaftuna 08-02-24, 09:43
0 QISHLOQ XOʻJALIGIGA MOʻLJALLANGAN YERLARGA IJARA HUQUQINI SOTISH MUMKIN

Prezidentning 18.01.2024-yildagi PF-15-sonli “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish...

МАЪМУРИЙ ИСЛОҲОТЛАР ДОИРАСИ УНДА АДЛИЯ ОРГАНЛАРИ ВА

personmaftuna 30-05-24, 12:36
0 МАЪМУРИЙ ИСЛОҲОТЛАР ДОИРАСИ  УНДА АДЛИЯ ОРГАНЛАРИ ВА МУАССАСАЛАРИНИНГ МАСЪУЛИЯТИНИ ЯНАДА ОШИРИШ БОШҚАРУВ ТИЗИМИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ

“Маъмурий ислоҳотлар доирасида адлия органлари ва муассасаларининг масъулиятини янада ошириш ҳамда ихчам бошқарув...

menu
menu