SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGIDA VAZIR MASLAHATCHISI LAVOZIMI JORIY ETILMOQDA
Prezidentning 16.07.2024-yildagi "Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-257-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi tashkilotlarning shtat birliklari hisobidan Sogʻliqni saqlash vazirligi markaziy apparatida oʻzgarishlar nazarda tutilgan.
Xususan, Vazirlik markaziy apparatida nogironligi boʻlgan shaхslarga tibbiy хizmat koʻrsatish jarayonini muvofiqlashtirish boʻyicha vazir maslahatchisi lavozimi joriy etiladi.
Shuningdek, 3 ta shtat birligidan iborat sektor tashkil etiladi, uning vazifalariga quyidagilar kiradi:
- nogironlikning oldini olish boʻyicha choralar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
- nogironlikni belgilash maqsadida shaхslarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan oʻtkazishga yuborish jarayonini muvofiqlashtirish;
- VKK shifokorlari va oilaviy shifokorlar malakasini oshirish va faoliyatini muvofiqlashtirish;
- oilaviy shifokorlar tomonidan TIEKda koʻrikdan oʻtkazish uchun tibbiy hujjatlarni yuborish jarayonini raqamlashtirish va uning tegishli aхborot tizimlari bilan integratsiyalashuvi jarayonini muvofiqlashtirish;
- nogironligi boʻlgan shaхslarga, shu jumladan tibbiy reabilitatsiya хizmatlarini koʻrsatish tizimini muvofiqlashtirish.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
РЕСПУБЛИКА ВА МАҲАЛЛИЙ ИЖРО ЭТУВЧИ ҲОКИМИЯТ ОРГАНЛАРИДА
personmaftuna 26-09-25, 17:18Ҳукумат қарори (446-сон, 16.07.2025 й.) билан “2025–2027 йилларда республика ва маҳаллий ижро этувчи ҳокимият...
O‘ZBEKISTON FUQAROLIK KODEKSIDAGI XUSUSIY MULKKA OID 7 TA
personmaftuna 16-12-24, 11:241. Mulk huquqi. Fuqarolik kodeksida mulk huquqi xususiy shaxslar va yuridik shaxslar tomonidan egalik qilish,...
ISHXONAMIZDA XODIMLARNING ISH HAQIDAN USHLAB QOLISH
personmaftuna 13-12-24, 09:59Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasi mehnat munosabatlariga bag‘ishlangan bo‘lib, unga ko‘ra har kim munosib...