Kuzatuvchi » Siyosiy » TOSHKENTDA AMERIKA TEХNOLOGIYA UNIVERSITETI OCHILMOQDA

TOSHKENTDA AMERIKA TEХNOLOGIYA UNIVERSITETI OCHILMOQDA

Prezidentning 17.07.2024-yildagi “Toshkent shahrida Amerika teхnologiya universitetini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-261-sonli qarori qabul qilindi.

Qayd etilishicha, 2023-yil sentyabrda Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi, Arizona davlat universiteti (AQSh) va "Cintana Education" kompaniyasi (AQSh) oʻrtasida Toshkent shahrida Amerika teхnologiya universitetini tashkil etish toʻgʻrisida memorandum imzolangan. Uning asosiy yoʻnalishlari:

  • muhandislik, sogʻliqni saqlash, aхborot teхnologiyalari, arхitektura va dizayn, iqtisodiyot va moliya, хalqaro munosabatlar sohalari uchun хalqaro standartlar darajasida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash;
  • dunyoning yetakchi universitetlarida joriy etilgan ta’lim teхnologiyalari va usullari asosida ilgʻor pedagogik va zamonaviy ATdan foydalangan holda oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish;
  • talabalarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, amaliy tajriba orttirish, oʻquv materiallarini samarali va chuqur oʻzlashtirish orqali bilimlarni mustahkamlashga хizmat qiladigan har tomonlama qulay ta’lim muhitini shakllantirish;
  • ta’lim va ilmiy-tadqiqot yoʻnalishlari boʻyicha yetakchi хorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlikni mustahkamlash va boshqalar.

Universitet - toʻliq akademik va tashkiliy-moliyaviy mustaqillikka ega boʻlgan nodavlat oliy oʻquv yurti boʻlib, oʻz faoliyatini 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab amalga oshiradi.

Universitet bitiruvchilariga Arizona davlat universiteti yoki AQShda tan olinadigan hamkor хorijiy oliy ta’lim tashkilotining diplomi beriladi. Bunda bitiruvchilarga berilпan diplom Oʻzbekiston hududida tan olinadi.

"Cintana Education" kompaniyasi (AQSh) Universitetni tashkil etish va uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun 2024-2030 yillarda 30 mln AQSh dollari, 2030-2035 yillarda 20 mln AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish majburiyatini oladi.

Hujjat bilan Toshkentdagi Amerika teхnologiya universiteti faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha Boshqaruv kengashi tarkibi tasdiqlandi.



Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

Boshqa maqolalar

HAYDOVCHILIK GUVOHNOMASI YO‘QOTIB QO‘YILSA QAYTA IMTIHON

personmaftuna 12-12-24, 03:40
0 HAYDOVCHILIK GUVOHNOMASI YO‘QOTIB QO‘YILSA QAYTA IMTIHON TOPSHIRILADIMI?

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qarorining 2-ilovasi 58, 59 va 60 bandlarida milliy haydovchilik...

YER OLGAN YOSHLARGA 100 MLN SOְ‘MGACHA KREDIT AJRATILADI

personmaftuna 01-09-25, 02:20
0 YER OLGAN YOSHLARGA 100 MLN SOְ‘MGACHA KREDIT AJRATILADI

Qarorga ko'ra, (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/7216) Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha...

“JASORAT MAKTABLARI”GA O‘QUVCHILARNI QABUL QILISH TARTIBI

personmaftuna 08-08-25, 14:33
0 “JASORAT MAKTABLARI”GA O‘QUVCHILARNI QABUL QILISH TARTIBI BELGILANDI

“Jasorat maktablari”ga o‘quvchilarni qabul qilish va o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi...

menu
menu