TURIZM SOHASIDAGI FAOLIYATGA QOʻYILADIGAN TALABLAR SODDALASHTIRILDI
Vazirlar Mahkamasining 06.07.2024-yildagi “Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar qisqartirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 389-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:
- turar joylarni ijaraga berish va ularni sertifikatlash Yagona elektron reyestrining yuritilishi bekor qilindi (10.07.2020-y. VMQ-433-son qarorining 2-b.);
- turizm хizmatlarini, shuningdek, mehmonхona хizmatlarini koʻrsatishni sertifikatlashtirish toʻgʻrisidagi arizaga koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni, shu jumladan ijara shartnomasini belgilovchi hujjatlarini ilova qilish talabi bekor qilindi;
- markaz ("Turizm хizmatlarini sertifikatlash markazi" DUK) ariza beruvchining koʻchmas mulkka doir huquqini belgilaydigan hujjatlar yoki bunday mulkning soliq organlarida hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi ijara shartnomasini «Elektron hukumat» tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali onlayn tekshirib oladi (10.07.2020 y. VMQ-433-son qaroriga 2-ilovaning 9-b. 5-х.b.);
- vakolatli davlat organi ariza beruvchining arizasiga muvofiq koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻgʻrisida koʻchirma yoki shu turdagi mulkning ijara shartnomasini «Elektron hukumat» tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali onlayn tekshirib oladi (27.11.2023 y. VMQ-622-son qaroriga 2-ilovaning 8-b. 4-х.b.).
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
ENDILIKDA DAVLAT OTMLARIGA QABUL 2 BOSQICHDA BO‘LADI
personmaftuna 29-06-24, 08:53Prezidentning 24.05.2024-yil kungi 81-son Farmoniga asosan, ➖ 2024-2025 o‘quv yilidan davlat oliy va professional...
QONUNCHILIKKA KO'RA, OVCHILIK XO'JALIGINI TASHKIL ETISHNING
personmaftuna 30-09-24, 07:19Qonunchilikka ko'ra, ovchilik xo'jaligini tashkil etishning quyidagi tartibi o'rnatiladi: ov qilish faqat ovchilik...
AYRIM TADBIRKORLARGA SUBSIDIYA AJRATILADI
personmaftuna 14-05-24, 01:43“O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiruvchi, ishlab...