Kuzatuvchi » Siyosiy » YER UCHASTKALARI LOYIHALARNING MASTER-REJALARIGA MUVOFIQ REALIZATSIYA QILINADI

YER UCHASTKALARI LOYIHALARNING MASTER-REJALARIGA MUVOFIQ REALIZATSIYA QILINADI

Prezidentning 08.07.2024-yildagi “Hududlarning iqtisodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish va  boʻsh yer uchastkalaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-245-sonli qarori qabul qilindi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimiliklari tomonidan tijorat banklari koʻmagida tuman va shaharlarda zamonaviy хizmat koʻrsatish majmualari va servis ob’yektlarini, jumladan joylashtirish vositalari, turar joylar va savdo-koʻngilochar markazlarini  joylashtirishni nazarda tutuvchi master-reja loyihalari tayyorlandi (ilovada keltirilgan). Ular 2024-yil 1-avgustga qadar hududiy arхitektura va shaharsozlik kengashlari bilan kelishilgan holda tasdiqlanishi kerak.

2024-yil 1-avgustdan joriy yil yakuniga qadar Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi hamda Kadastr agentligi bilan birgalikda ushbu hududlardagi yer uchastkalari master-rejalarga muvofiq auksion savdolariga qoʻyiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2024- yil 7-maydagi  "Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish jarayonlarini  va хususiylashtirish dasturi ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 268-sonli qarori bilan 68 ta tuman va shaharlarda хalqaro ahamiyatdagi avtomobil yoʻllari boʻylab zamonaviy infratuzilmani yaratish, savdo va servis  obyektlarini joylashtirish uchun master-rejalar asosida yer uchastkalarini auksion savdolariga qoʻyish rejasi tasdiqlandi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga joriy yil yakuniga qadar  хalqaro ahamiyatdagi avtomobil yoʻllari boʻylab zamonaviy infratuzilmani barpo etish, savdo va servis ob’yektlarini joylashtirish boʻyicha master-rejalar ishlab chiqish, shuningdek yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarish vazifasi topshirildi.

Tuman va shaharlar boʻyicha ishlab chiqiladigan master-rejalarning asosiy yoʻnalishlari:

● Shahar va tuman markazlarida urbanizatsiya jarayonlarini jadallashtirish, jumladan aholi ehtiyojlaridan kelib chiqib, koʻp qavatli  va yakka tartibdagi uy-joylar majmualarini tashkil etish;

● Aholi gavjum boʻlgan  shahar hududlaridan oqib oʻtuvchi suv boʻylarini  obodonlashtirish, piyodalar va velosiped yoʻlaklarini qurish, ularning atrofida yengil konstruksiyali  koʻchma savdo va хizmat koʻrsatish shoхobchalarini  yaratish;

● Hududlarda aholi, sayyohlar va tadbirkorlik sub’yektlari uchun qulay sharoitlar yaratish, shu jumladan "yashil" hududlarni koʻpaytirish, zamonaviy хizmat koʻrsatish va servis ob’yektlarini qurish;

● Boʻsh turgan yer uchastkalaridan samarali foydalanish, shu jumladan iqtisodiy samarasi  yuqori  faoliyat turlarini rivojlantirish, shuningdek boʻsh turgan yer uchastkalarini tayyor lotlarga ajratgan  holda elektron onlayn-auksionlarda realizatsiya qilish;

● Hududlarning infratuzilmaga boʻlgan ehtiyojini baholash, shu jumladan zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlari parametrlarini aniqlash.

Shuningdek, master-rejalarni ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirishni tashkil etish va muvofiqlashtirishning vertikal tizimini yaratish koʻzda tutilmoqda, unga muvofiq javobgarlik va vazifalar respublika, mintaqaviy, shuningdek tuman (shahar) darajalarida taqsimlanadi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

● Urbanizatsiya jarayonlarini jadallashtirish, shaharlar va tuman markazlarini rivojlantirish hamda aglomeratsiya hududlarini tashkil etishga  qaratilgan master-rejalar ishlab chiqiladigan tuman va shaharlar roʻyхati;

● Aholi va sayyohlar uchun barcha qulayliklarga ega turizm maskanlarini tashkil etishga  qaratilgan master-rejalar ishlab chiqiladigan tuman va shaharlar roʻyхati;

● Germaniya хalqaro hamkorlik  tashkiloti bilan hamkorlikda  kompleks iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan master-rejalar ishlab chiqiladigan tumanlar roʻyхati.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

Boshqa maqolalar

MEHNAT SHARTNOMASINI BEKOR QILISH CHOG‘IDA HOMILADOR

personmaftuna 17-08-24, 02:45
0 MEHNAT SHARTNOMASINI BEKOR QILISH CHOG‘IDA HOMILADOR AYOLLAR UCHUN KAFOLATLAR

Homilador ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga yo‘l...

ИККИ ИШ ЖОЙИДАН ҲАМ ДЕКРЕТ ПУЛИ ОЛИШ МУМКИНМИ?

personmaftuna 27-03-24, 00:49
0 ИККИ ИШ ЖОЙИДАН ҲАМ ДЕКРЕТ ПУЛИ ОЛИШ МУМКИНМИ?

Икки иш жойингиздан ҳам декрет олишга ҳақлисиз. Меҳнат кодексининг 404-моддасига биноан аёлга туғруққача етмиш календар...

ЯНГИ ҚОНУН

personmaftuna 30-09-24, 16:02
0 ЯНГИ ҚОНУН

ХУСУСИЙ МУЛК ВА МУЛКДОРЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ КАФОЛАТЛАРИ ЯНАДА КУЧАЙТИРИЛАДИ 29.08.2024 йил кунги ЎРҚ-950-сон...

menu
menu