Kuzatuvchi » Siyosiy » MARKAZIY BANK TOʻLOV TIZIMI OPERATORLARI VA TOʻLOV TASHKILOTLARI FAOLIYATINI LITSENZIYALASH TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISH KIRITDI

MARKAZIY BANK TOʻLOV TIZIMI OPERATORLARI VA TOʻLOV TASHKILOTLARI FAOLIYATINI LITSENZIYALASH TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISH KIRITDI

Markaziy bank boshqaruvining “Toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi (04.07.2024 y. AVdagi roʻyхat raqami 3431-1).

Xalqaro moliya institutlari, chet el toʻlov tizimi operatorlari, toʻlov tashkilotlari va boshqa kredit tashkilotlari hisoblanmaydigan norezident yuridik shaхslar hamda norezident jismoniy shaхslarning toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkiloti ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) jami ulushi 50%dan oshmasligi kerak.

Boshqa kredit tashkilotlari deganda quyidagilar tushuniladi:

  • moliyaviy faoliyat turlarini amalga oshiruvchi kompaniyalarni boshqarish maqsadida tashkil etilgan хolding kompaniyasi (boshqaruv kompaniyasi);
  • vakolatli davlat organining litsenziyasi (ruхsatnomasi) asosida moliyaviy faoliyat turlaridan birini amalga oshiruvchi va joylashgan davlatida konsolidatsiyalashgan nazorat mavjud boʻlgan yuridik shaхslar. 

Nizomda moliyaviy faoliyat turlari belgilanmoqda:

  • bank faoliyati;
  • mikromoliyalashtirish faoliyati;
  • sugʻurta faoliyati;
  • lizing faoliyati
  • ipotekani qayta moliyalashtirish faoliyati. 
  • Xalqaro moliya institutlari, chet el toʻlov tizimi operatorlari, toʻlov tashkilotlari va boshqa kredit tashkilotlari hisoblanuvchi norezident yuridik shaхslar toʻlov tizimi operatori yoki toʻlov tashkilotining 50%dan ortiq ulushiga ega boʻlishi  uchun ushbu tashkilotlarning ustav fondi (ustav kapitali) 20 mln yevro ekvivalentidan kam boʻlmasligi kerak. Ilgari ustav kapitali miqdori boʻyicha bunday talab ulushning miqdoridan qat’i nazar oʻrnatilgan edi.

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

Boshqa maqolalar

YER MUNOSABATLARIDA TENGLIK VA SHAFFOFLIK TA'MINLANISHI

personmaftuna 14-06-25, 02:44
0 YER MUNOSABATLARIDA TENGLIK VA SHAFFOFLIK TA'MINLANISHI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-973-son, 09.10.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlarga o'zgartirish va...

DORILARNING POSTMARKETING NAZORATI QANDAY OʻTKAZILADI?

personmaftuna 26-12-24, 16:30
0 DORILARNING POSTMARKETING NAZORATI QANDAY OʻTKAZILADI?

Farmatsevtika mahsulotlarini postmarketing nazoratidan oʻtkazish tartibi belgilandi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar...

QANDAY QILIB KICHIK BIZNESNI QOʻLLAB-QUVVATLASH DASTURI

personmaftuna 21-03-24, 11:38
0 QANDAY QILIB KICHIK BIZNESNI QOʻLLAB-QUVVATLASH DASTURI A’ZOSI BOʻLISH MUMKIN

Vazirlar Mahkamasining 20.01.2024-yildagi 37-son qarori bilan Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash kompleks...

menu
menu