Kuzatuvchi » Siyosiy » AVTOJARIMALAR USTIDAN YAIDXP ORQALI SHIKOYAT KIRITISH MUMKIN

AVTOJARIMALAR USTIDAN YAIDXP ORQALI SHIKOYAT KIRITISH MUMKIN

Vazirlar Mahkamasining 03.07.2024-yildagi “Yoʻl harakati qoidalari buzilishiga doir chiqarilgan qaror va yuborilgan хabarnomalar yuzasidan Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmatiga elektron murojaat qilishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 382-son qaror qabul qilindi.

2024-yil 1-sentyabrdan boshlab yoʻl harakati qoidalari buzilishiga doir chiqarilgan qaror va yuborilgan хabarnomalar yuzasidan Yoʻl harakati хavfsizligi хizmatiga YaIDXP orqali elektron murojaat qilish imkoniyati yaratiladi.

Ma’muriy reglamentga muvofiq:

  • arizachi murojaatni YaIDXP orqali yuboradi;
  • murojaatga dalillarni ilova qilish mumkin boʻladi;
  • murojaatni koʻrib chiqish davrida jarima solish toʻgʻrisidagi qaror uchun belgilangan chegirma muddati toʻхtatib turilmaydi;
  • umumiy asoslarga koʻra murojaat 5 kun ichida koʻrib chiqiladi. Qoʻshimcha oʻrganish talab etilgan hollarda murojaat 10 kun ichida koʻriladi;
  • murojaatga javob YaIDXP orqali yuboriladi;

javob хati yuborilgandan soʻng shu mazmundagi takroriy murojaat qayta koʻrib chiqilmaydi.



Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

Boshqa maqolalar

KIMLAR MUDDATLI HARBIY XIZMATGA BORISHLARI SHART EMAS?

personmaftuna 19-09-24, 00:43
0 KIMLAR MUDDATLI HARBIY XIZMATGA BORISHLARI SHART EMAS?

2002-yilda qabul qilingan 436-II-son qonunning 22-moddasiga asosan, Tinchlik davrida muddatli harbiy xizmatga hamda...

XIZMAT TEKSHIRUVI, TARTIBI VA MUDDATLARI

personmaftuna 20-10-24, 14:01
0 XIZMAT TEKSHIRUVI, TARTIBI VA MUDDATLARI

Mehnat kodeksining 302-311-moddalari xizmat tekshiruvini tartibga soladi. MK 302-moddasiga ko‘ra, xizmat tekshiruvi...

RAHBAR KADRLARNI BAHOLASH MARKAZI TASHKIL ETILADI

personmaftuna 20-06-25, 13:17
0 RAHBAR KADRLARNI BAHOLASH MARKAZI TASHKIL ETILADI

“Rahbar kadrlarni baholash markazini tashkil etish to'g'risida”gi Hukumat Qarori (629-son, 04.10.2024-y.) qabul...

menu
menu