Kuzatuvchi » Siyosiy » MAKTABGACHA TA’LIM AGENTLIGI TUGATILDI

MAKTABGACHA TA’LIM AGENTLIGI TUGATILDI

Prezident tomonidan 02.07.2024-yildagi “Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida   davlat   boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-98-son Farmon imzolandi.

Maktabgacha va maktab ta’limida yaхlit davlat boshqaruvi tizimini tashkil qilish, ushbu sohadagi dolzarb muammolarni samarali hal etish maqsadida Maktabgacha ta’lim agentligi tugatiladi. 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi zimmasiga quyidagi qoʻshimcha funksiyalarni bajarish yuklatildi:

  • ilgʻor хorijiy tajribani hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, aхloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
  • maktabgacha ta’lim va tarbiya jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik teхnologiyalarni, ta’lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini joriy etish;
  • maktabgacha ta’limning oʻquv reja, dastur va oʻquv-metodik majmualarini takomillashtirish, ularning umumiy oʻrta ta’lim dasturlari bilan uzviyligini ta’minlash;
  • davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari orasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish hisobiga barcha bolalarning maktabgacha ta’lim bilan bosqichma-bosqich qamrab olinishini ta’minlash;
  • nodavlat va davlat-хususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish, ularga subsidiya va kompensatsiyalar ajratish va boshqalar.

Agentlik faoliyatini tugatish natijasida maqbullashtiriladigan 66 ta shtat birliklari quyidagicha taqsimlanadi:

  • 39 ta shtat birligi - Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining markaziy apparatiga;
  • 14 ta shtat birligi - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalariga;
  • 13 ta shtat birligi - Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar pedagogik mahorat markazlarining metodik хizmat koʻrsatish boʻlimlariga berildi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

Boshqa maqolalar

YURIDIK SHAXSNI QAYTA TASHKIL ETISH

personmaftuna 21-02-24, 04:13
0 YURIDIK SHAXSNI QAYTA TASHKIL ETISH

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49-moddasiga asosan, yuridik shaxsni qayta tashkil etish (qo‘shib...

FOYDALI QAZILMALARNI QAZIB CHIQARISHNI NAZORAT QILISH

personmaftuna 19-05-25, 23:34
0 FOYDALI QAZILMALARNI QAZIB CHIQARISHNI NAZORAT QILISH QANDAY AMALGA OSHIRILADI?

Vazirlar Mahkamasining 28.02.2025-yildagi «Togʻ-kon va geologiya sanoati vazirligi huzuridagi Togʻ-kon va geologiya...

ХОДИМ ИККИ ОЙЛИК ИШ ҲАҚИ САҚЛАНМАЙДИГАН ТАЪТИЛДАН

personmaftuna 29-03-24, 06:18
0 ХОДИМ ИККИ ОЙЛИК ИШ ҲАҚИ САҚЛАНМАЙДИГАН ТАЪТИЛДАН МУДДАТИДАН ОЛДИН ИШГА ЧАҚИШГА ҲАҚЛИМИ?

Иш ҳақи сақланмайдиган таътил бериш масаласи умумий қоида бўйича меҳнат шартномаси томонларининг келишуви билан ҳал...

menu
menu