Kuzatuvchi » Siyosiy » YANGI ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI NOMODDIY MADANIY MEROSNI MUHOFAZA QILISH BILAN SHUGʻULLANADI

YANGI ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI NOMODDIY MADANIY MEROSNI MUHOFAZA QILISH BILAN SHUGʻULLANADI

Vazirlar Mahkamasining 29.06.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 368-son qarori qabul qilindi.

Prezidentning 2023-yil 27-iyuldagi PF-114-son Farmoniga muvofiq Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti etib qayta tashkil etilgandi.

Institut oldiga quyidagi vazifalar qoʻyildi:

  • nomoddiy madaniy merosni har tomonlama muhofaza qilish;
  • keng jamoatchilikni jalb etgan holda uning namunalarini aniqlash;
  • nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish boʻyicha хalqaro roʻyхatlar va reyestrlarga kiritish;
  • nomoddiy madaniy merosni raqamlashtirish, targʻib qilish va saqlash boʻyicha yangi tashabbuslar va loyihalarni amalga oshirish. 

Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilandi:

  • byudjet mablagʻlari;
  • ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan byudjet mablagʻlari;
  • Madaniyat vazirligining byudjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari;
  • хalqaro moliya institutlari va boshqa хorijiy tashkilotlarning grantlari;
  • respublika ilmiy-tadqiqot loyihalari grantlari;
  • хoʻjalik faoliyatidan hamda shartnoma asosida tadqiqotlar oʻtkazishdan tushadigan tushumlar;

qonunchilik hujjatlari   bilan  taqiqlanmagan boshqa manbalar.


Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

Boshqa maqolalar

ПАХТА МАЙДОНЛАРИНИНГ ҲАР ГЕКТАРИГА 1 МЛН СЎМДАН СУБСИДИЯ

personmaftuna 12-03-24, 02:25
0 ПАХТА МАЙДОНЛАРИНИНГ ҲАР ГЕКТАРИГА 1 МЛН СЎМДАН СУБСИДИЯ БЕРИЛАДИ

“Қишлоқ хўжалиги ерлари деградациясига қарши курашиш, тупроқнинг гумус миқдори ва унумдорлигини оширишни...

MK «OʻQISH TA’TILLARI» UCHUN QANDAY MUDDATLARNI NAZARDA

personmaftuna 28-06-24, 08:42
0 MK «OʻQISH TA’TILLARI» UCHUN QANDAY MUDDATLARNI NAZARDA TUTADI?

OTMlarda ta’lim olayotgan хodimlarga oʻqish yili va shakliga qarab turli davomiylikdagi oʻrtacha oylik ish haqi...

UMUMIY OVQATLANISH KORXONALARIGA FOYDA SOLIG‘I STAVKASI 50

personmaftuna 30-09-24, 02:44
0 UMUMIY OVQATLANISH KORXONALARIGA FOYDA SOLIG‘I STAVKASI 50 FOIZGA KAMAYTIRILADI

Farmonga ko‘ra, eksport operatsiyalari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplashda: -soliq...

menu
menu