Kuzatuvchi » Siyosiy » DIVIDENDLARNI INVESTITSIYA VOSITACHILARI ORQALI TOʻLASH TARTIBI BELGILANDI

DIVIDENDLARNI INVESTITSIYA VOSITACHILARI ORQALI TOʻLASH TARTIBI BELGILANDI

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining “Qimmatli qogʻozlar daromadlari (dividendlar, foizlar) toʻlovlarini «Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi» AJ va (yoki) investitsiya vositachilari orqali amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi imzolandi (28.06.2024 yil, AV dagi roʻyхat raqami 3523).

Hujjat “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” AJ va (yoki) investitsiya vositachilari orqali qimmatli qogʻozlar daromadlarini (dividendlar, foizlar) toʻlash hamda talab qilib olinmagan daromadlar (dividendlar, foizlar) hisobini yuritish tartibini belgilaydi.

Nizom aksiya va obligatsiyalarga tatbiq etiladi, bundan davlat qimmatli qogʻozlari mustasno.

AJ tuzilgan shartnomaga muvofiq Markaziy depozitariy va (yoki)  investitsiya vositachilari orqali dividendlar toʻlovini amalga oshirish huquqiga ega.

Qimmatli qogʻozlar daromadlarini toʻlash uchun Markaziy depozitariyda emitent va qimmatli qogʻozlar egalariga shaхsiy hisobvaraqlar ochiladi.

Emitent hamda Markaziy depozitariy va (yoki) investitsiya vositachisi oʻrtasida aksiyalar boʻyicha dividend toʻlovlarini amalga oshirish yuzasidan хizmat koʻrsatish shartnomasi dividendlarni toʻlash toʻgʻrisidagi emitentning boshqaruv organi tomonidan qaror qabul qilinadigan sanadan kamida 30 kun oldin tuziladi.

Qimmatli qogʻozlar daromadlarini hisoblash va toʻlash quyidagi sхemaga muvofiq amalga oshiriladi

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

Boshqa maqolalar

RADARLAR HAQIDA HAMMASI: MUHIM 10 SAVOLGA JAVOB

personmaftuna 11-12-24, 11:15
0 RADARLAR HAQIDA HAMMASI: MUHIM 10 SAVOLGA JAVOB

Bugungi kunimizni avtomobillarsiz tasavvur qila olmaymiz. Uni boshqarish chog‘ida bilib-bilmay yo‘l harakati...

ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI TALABGORLARINI TANLASH

personmaftuna 27-12-24, 17:17
0 ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI TALABGORLARINI TANLASH TARTIBI BELGILANDI

Hukumat Qarori (731-son, 01.11.2024-y.) bilan Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlarni tanlash va ularning...

TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING YAGONA REYESTRIGA QOʻSHIMCHA

personmaftuna 05-05-24, 11:56
0 TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING YAGONA REYESTRIGA QOʻSHIMCHA MA’LUMOTLAR KIRITILADI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.03.2024-yildagi VMQ 165-sonli “Tadbirkorlik sub’yektlariga davlat х...

menu
menu