HAMJAMIYATLARNI MUSTAHKAMLASH VA IJTIMOIY FAROVONLIKNI RIVOJLANTIRISH MARKAZI TASHKIL ETILDI
Vazirlar Mahkamasining 24.06.2024-yildagi “Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 350-son qarori qabul qilindi.
Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Kolumbiya universitetining Ijtimoiy ish maktabi (AQSh) ta’sischiligida Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi tashkil etilmoqda.
Markazning asosiy vazifalari:
- ijtimoiy himoya va aholining ruhiy salomatligi sohasidagi muammolarni tadqiq etish hamda hal qilishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish;
- ijtimoiy ish sohasida хalqaro standartlar talablariga mos keluvchi akademik tizimni joriy etish va mustahkamlash;
- ijtimoiy himoya muammolarini hal etishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish va ishga tushirish.
Markaz faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun Kolumbiya universitetida tegishli boʻlim tashkil etiladi.
Bundan tashqari, “Aqlvoy” telekanaliga Agentlikning buyurtmasiga asosan efir vaqtining 7 foiz qismiga ijtimoiy roliklarni bepul joylashtirish vazifasi yuklatilmoqda.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
QISQA MUDDATLI GURUHLAR TO‘G‘RISIDA
personmaftuna 25-09-24, 00:34Ta’limning boshlang‘ich asosi bo‘lgan maktabgacha ta’lim inson kamolotida beqiyos ahamiyatga ega va davlat maktabgacha...
БИЛАСИЗМИ?
personmaftuna 27-03-24, 01:05Қонунчиликка кўра, ҳудудий электр тармоқлари корхоналари электр тармоғи хўжалиги объектларининг режали таъмирланиши...
QONUN (OʻRQ-1012-SON, 24.12.2024 Y.) BILAN “2024 YIL UCHUN
personmaftuna 12-06-25, 02:53Unga koʻra, Qonunga ayrim toifadagi bemorlarga dori vositalarini bepul taqdim etish, madaniyat va san'atni...
