Kuzatuvchi » Siyosiy » NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTINI TASHKIL ETISH

NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTINI TASHKIL ETISH

Nodavlat notijorat tashkiloti — jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o‘z qatnashchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotidir.

Nodavlat notijorat tashkiloti yuridik shaxs bo‘ladi.

Nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, boshqa demokratik qadriyatlarni himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy maqsadlarga erishish, ma’naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish, xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun hamda boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarda tuziladi.

Nodavlat notijorat tashkilotlarining uyushmalari (ittifoqlari) kamida 2 ta nodavlat notijorat tashkiloti tashabbusi bilan tuzilishi mumkin.

Nodavlat notijorat tashkilotining tashabbuskorlari yoki muassislari ta’sis sen dini (konferentsiyasini) yoki umumiy yig‘ilishni chaqiradilar, unda ustav qabul qilinadi hamda rahbar organlari tuziladi.

Nodavlat notijorat tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran tuzilgan deb hisoblanadi.

N.NURJONOV,

Yangibozor tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

Boshqa maqolalar

TADBIRKORLAR BIRLASHMALARINING ROLI YANADA OSHIRILADI

personmaftuna 19-03-24, 01:57
0 TADBIRKORLAR BIRLASHMALARINING ROLI YANADA OSHIRILADI

"Tashqi savdo va hududiy sanoatni rivojlantirishda tadbirkorlar birlashmalarining rolini yanada oshirish...

TUG‘ILISHNI QAYD ETISH UCHUN TAQDIM QILINADIGAN HUJJATLAR

personmaftuna 25-08-25, 02:10
0 TUG‘ILISHNI QAYD ETISH UCHUN TAQDIM QILINADIGAN HUJJATLAR QAYSILAR ?

O ‘ zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 206-moddasiga asosan , b olaning tug‘ilishi uning tug‘ilganligi haqidagi...

O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN QURILGAN IMORATLARGA MULK HUQUQI

personmaftuna 17-12-24, 11:00
0 O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN QURILGAN IMORATLARGA MULK HUQUQI QANDAY BELGILANADI?

Kadastr agentligining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Huquqlarni e’tirof etish hududlar bo‘yicha bosqichma-bosqich amalga...

menu
menu