BELGILANGAN KO'CHALAR NOGIRONLIGI BO'LGAN SHAXSLAR UCHUN MOSLASHTIRILADI
Qarorga ko'ra, joylardagi hokimliklar:
➖har yili 1-noyabrgacha keyingi yil uchun o'zining hududidagi kamida bittadan ko'chani nogironligi bo'lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish loyihasini ishlab chiqadi hamda uning qurilish-ta'mirlash va jihozlash ishlarini amalga oshiradi;
➖2024-yil 1-dekabrgacha nogironligi bo'lgan shaxslarning qulay va to'siqlarsiz harakatlanishlari uchun shaharsozlik norma va qoidalari talablari asosida belgilangan ro'yxatga muvofiq ko'chalarni moslashtiradi.
2026-yil 1-yanvargacha nogironligi bo'lgan shaxslarning harakatlanishi uchun respublikaning barcha hududlarini qamrab oluvchi to'siqlarsiz muhit yaratilgan obyektlarni aniqlash imkonini beruvchi “Interaktiv xarita” axborot tizimi ishga tushiriladi.
2024-yil 1-oktyabrdan Toshkent shahri va xalqaro avtobusda yo'lovchi tashish yo'nalishlarini, 2025-yil 1-yanvardan Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlararo, shahar atrofi, tumanlararo (shaharlararo) avtobusda yo'lovchi tashish yo'nalishlarini joylashtirish uchun tenderlarda nogironligi bo'lgan shaxslar uchun to'siqsiz muhitni ta'minlovchi uskunalar bilan jihozlangan avtobuslarga ega bo'lgan tashabbuskorlar ishtirok etadi.
Ushbu talab kuchga kirgunigacha tenderda g'olib bo'lgan Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlararo, shahar atrofi, tumanlararo (shaharlararo) avtobusda yo'lovchi tashish yo'nalishlarida xizmat ko'rsatayotgan tadbirkorlarning:
avtobuslarni nogironligi bo'lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish xarajatlarining 50 foizi, biroq BHMning 30 baravarigacha bo'lgan qismi 2024-yil 1-noyabrdan qoplab beriladi.
Rafiqjon G‘ULOMOV,
Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
XORIJGA CHIQISH BIOMETRIK PASPORTI
personmaftuna 20-03-24, 07:06O ‘ zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018- yil 26- dekabrdagi PQ -4079- son qarori bilan tasdiqlangan O ‘...
FAOL NURONIYLARNI KAMBAGʻAL OILALARGA BIRIKTIRISH TARTIBI
personmaftuna 14-06-25, 02:37Hukumat qarori (892-son 27.12.2024-y.) bilan “Faol nuroniylarni kambagʻal oilalarga biriktirish hamda mahallada sogʻlom...
“AYOLLAR DAFTARI”DAN KIMLAR CHIQARILADI ?
personmaftuna 21-03-24, 10:08Vazirlar Mahkamasining 145-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan, xotin-qizlar quyidagi hollarda «Ayollar...