ELEKTR ENERGIYASI VA TABIIY GAZDAN FOYDALANISH QOIDALARINI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK MAVJUD
Qonunchilikka ko'ra, iste'molchilarga elektr energiyasi va tabiiy gaz shartnoma asosida ulardan foydalanish qoidalariga muvofiq yetkazib beriladi.
Shartnomada taraflarning huquq va majburiyati, hisobga olish asboblarini o'rnatish, elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun hisob-kitob qilish va boshqa shartlar kelishib olinadi.
Mazkur qoidalarni buzganliklari uchun tomonlar qonun hujjatlariga muvofiq ma'muriy (https://lex.uz/docs/97664#1519024) va jinoiy (https://lex.uz/docs/111453#3262040) javobgarlikka tortilishlari mumkin.
Shuningdek, tarmoqlarga o'zboshimchalik bilan ulanish, hisobga olish asboblariga, ularning plombalariga shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko'rsatkichlarini o'zgartirish o'g'rilik (https://lex.uz/docs/111453#263768) yoki oz miqdorda talon-toroj (https://lex.uz/docs/97664#198117) qilish sifatida baholanib, javobgarlikka sabab bo'lishi belgilangan.
Rafiqjon G‘ULOMOV,
Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
QURISH QOIDALARINI BILASIZMI?
personmaftuna 28-06-24, 17:27O’zbekiston Respublikasi shaxarsozlik kodeksining 61-moddasiga asosan. Qurish qoidalari tegishli hududlarda va aholi...
YOSHLAR DAFTARI
personmaftuna 28-06-24, 12:13«Yoshlar daftari»ga 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan toifadagi yoshlar kiritilishi belgilangan. «Yoshlar...
YOQILGʻI-ENERGETIKA RESURSLARI ISTE’MOLCHILARINING ENERGIYA
personmaftuna 28-10-24, 15:24O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.10.2024-yildagi 690-sonli qarori bilan yoqilgʻi-energetika...