Kuzatuvchi » Siyosiy » NOGIRONLIKNI ELEKTRON TARZDA BELGILASH TARTIBI YO'LGA QO'YILADI

NOGIRONLIKNI ELEKTRON TARZDA BELGILASH TARTIBI YO'LGA QO'YILADI

“Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-257-son, 16.07.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, 2025-yil 1-apreldan:

fuqarolarni TIEK ko'rigiga yo'llash uchun lozim bo'lgan amaldagi davolanish muddatlari bo'yicha talab bekor qilinadi hamda har bir kasallikning kechishi va turidan kelib chiqib alohida belgilanadi;

TIEK tomonidan kasbga, sportga va ta'limga tavsiya berish tartibi bekor qilinadi; 

TIEKning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasining muddatini uzaytirish hamda maxsus jihozlangan transport vositasini boshqarish layoqatini belgilashga oid funksiyalari davlat tibbiyot muassasalariga o'tkazilishi orqali tugatiladi;

18 yoshdan katta shaxslarga nogironlikni belgilashda nogironlikning muddati, sababi, tibbiy reabilitasiya tadbirlari, shuningdek, protez-ortopediya moslamalari va reabilitasiya qilishning texnik vositalariga muhtojligiga oid ma'lumotlar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida shakllantiriladi.

2025-yil 1-sentyabrdan tumanlararo va tuman (shahar) TIEKlar tomonidan faqat tibbiy hujjatlarga asosan nogironlikni belgilash tartibi bekor qilinib, nogironlikni shaxs sog'lig'ining holati va funksionallikni baholash natijalaridan kelib chiqib elektron tarzda belgilash tartibi yo'lga qo'yiladi.

Raisa TIMOFEYEVA, 

Qoshkopir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 


 


 




 

 

 

 

 

 

Boshqa maqolalar

YASHIL IQTISODIYOTGA OʻTISHDA MILLIY SHAFFOFLIK QANDAY

personmaftuna 23-06-24, 23:19
0 YASHIL IQTISODIYOTGA OʻTISHDA MILLIY SHAFFOFLIK QANDAY TA’MINLANADI?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 05.06.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga oʻtishda...

SANATORIY-KURORTDA DAVOLANISHDA, AGAR ASOSIY VA QO‘SHIMCHA

personmaftuna 29-06-24, 00:25
0 SANATORIY-KURORTDA DAVOLANISHDA, AGAR ASOSIY VA QO‘SHIMCHA TA’TIL XODIMNING SANATORIYDA DAVOLANISHI UCHUN YETARLI BO‘LMASA, NAFAQA BERILADI

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirinO‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi...

PROKURORNING AYRIM FUQAROLIK VA IQTISODIY ISHLARDAGI

personmaftuna 28-10-24, 16:16
0 PROKURORNING AYRIM FUQAROLIK VA IQTISODIY ISHLARDAGI ISHTIROKI BOʻYICHA VAKOLATLARI BELGILANDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 30.09.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga...

menu
menu