LOMBARDLAR FAOLIYATI
Lombardlar shaxsiy iste’molga mo‘ljallangan ko‘char mol-mulkni zakalat shaklida garovga (bundan buyon matnda garov deb yuritiladi) qabul qilib, fuqarolarga qisqa muddatli (uch oydan oshmagan muddatga) kreditlar beradi hamda fuqarolardan shaxsiy iste’molga mo‘ljallangan ko‘char ashyolarni saqlashga qabul qiladi.
Lombardlar tomonidan fuqarolarga kreditlar berish va ko‘char ashyolarni saqlashga qabul qilish tegishli shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Lombardga taqdim etiladigan hujjat:
shaxsni tasdiqlovchi hujjat (fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-karta);
yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi;
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yashash guvohnomalari yoki ID-kartalari;
harbiy bilet yoki harbiy qismlar yoxud harbiy muassasalar tomonidan beriladigan shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganda, fuqarolar bilan shartnomalar tuzadi.
Lombard, zarur hollarda, garovga yoki saqlashga topshirilayotgan mol-mulkka (ashyoga) egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni yoki boshqa dalillarni talab qilishga haqli.
Lombard tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovlar faqat milliy valyutada belgilanadi.
Lombardlar banklardan kreditlar, yuridik shaxslardan va jismoniy shaxs-ishtirokchilardan (mulkdorlardan) qarz mablag‘larini jalb etishga haqli. Bunda, jami jalb etilgan mablag‘lar hajmi (qoldiq) haqiqatda shakllantirilgan ustav fondi (ustav kapitali) miqdoridan oshmasligi kerak.
Garov asosida kreditning berilishi lombard bilan fuqaro o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomasi va garov shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Lombardda mol-mulklarni garovga qo‘yish haqidagi shartnoma lombard tomonidan garov pattasini berish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi.
Lombardda ashyolar garovi bilan ta’minlangan kredit summasi belgilangan muddatda qaytarib berilmagan taqdirda, lombard notariusning ijro yozuvi asosida imtiyozli bir oylik muddat o‘tganidan keyin garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotish uchun belgilab qo‘yilgan tartibda ushbu mol-mulkni sotishga haqli.
Agar garovga qo‘yilgan mol-mulkning sotilishidan tushgan summa lombardning talablari miqdoridan oshsa, tafovuti garovga qo‘yuvchiga to‘lanadi.
Lombardga garovga yoki saqlash uchun topshirilgan ashyolar yo‘qolganda yoki shikastlanganda, agar lombard yo‘qotish yoki shikastlanish yengib bo‘lmas kuch oqibatida yuz berganligini isbotlay olmasa, ashyolar egasiga, tomonlar kelishuviga ko‘ra, mulkiy zararni garov pattasi yoki saqlash pattasida ko‘rsatilgan mol-mulk narxidan oshmagan qiymatda to‘lashi shart.
N.NURJONOV,
Yangibozor tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.Boshqa maqolalar
XORAZMDA MEHMONXONA QURISH UCHUN INVESTORLARGA SUBSIDIYA
personmaftuna 28-04-25, 11:40Hukumat qarori bilan “Xorazm viloyatida yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun investorlarga O'zbekiston...
BOBO VA BUVINING O‘Z NEVARALARIGA ALIMENT (TA’MINOT) BERISh
personmaftuna 29-06-24, 08:12Oila kodeksining 123-moddasi bobo va buvining o‘z nevaralariga ta’minot berish majburiyati deb nomlanib, Unga ko‘ra: ➖...
YO‘QOTILGAN EGALIK HUQUQINI TASDIQLOVCHI HUJJATNING DAVLAT
personmaftuna 19-01-24, 19:43Bunda ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishi uchun davlat xizmatlari markaziga o‘zi yoki uning ishonchli vakili...