Kuzatuvchi » Siyosiy » “UMRA” TADBIRLARINI TASHKIL ETISH VA O'TKAZISH LITSENZIYALANADIGAN FAOLIYATNING ALOHIDA TURI SIFATIDA BELGILANDI

“UMRA” TADBIRLARINI TASHKIL ETISH VA O'TKAZISH LITSENZIYALANADIGAN FAOLIYATNING ALOHIDA TURI SIFATIDA BELGILANDI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-935-son, 02.07.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi. 

“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida”gi Qonunga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchaga ko'ra, “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o'tkazish bo'yicha xizmatlar ko'rsatishga doir faoliyat litsenziyalanadigan faoliyatning alohida turi sifatida belgilandi.

Bunda, Din ishlari bo'yicha qo'mita mazkur sohadagi litsenziyalovchi vakolatli organ sifatida belgilandi. 

Shuningdek, “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o'tkazish bo'yicha faoliyat uchun litsenziya olish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar miqdorlari BHMning 200 baravari (68 mln so'm) etib belgilandi.

Bundan tashqari “Davlat boji to'g'risida”gi Qonunga kiritilgan o'zgartirishga ko'ra, Din ishlari bo'yicha qo'mita tomonidan "Umra" tadbirlarini tashkil etish va o'tkazish bo'yicha faoliyatini litsenziyalaganlik uchun to'lanadigan davlat boji BHMning 10 baravari (3mln 400 ming so'm) etib belgilandi.

 

Raisa TIMOFEYEVA, 

Qoshkopir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH ORGANLARI YANA BIR

personmaftuna 12-12-24, 00:41
0 KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH ORGANLARI YANA BIR IMTIYOZGA EGA BO‘LDI

Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari qarzdorlikni sud orqali undirishda oldindan davlat bojini to‘lashdan ozod...

QANDAY HOLLARDA XODIMNI ISHDAN CHETLASHTIRISH MUMKIN? MUHIM

personmaftuna 29-06-24, 06:57
0 QANDAY HOLLARDA XODIMNI ISHDAN CHETLASHTIRISH MUMKIN? MUHIM 5 SAVOLGA JAVOB

Xodim ishdan chetlashtirilganida uning ish haqi saqlanmaydi, biroq qonunchilikda ayrim istisno holatlar mavjud. Xizmat...

2024-YIL 1-OKTABRDAN

personmaftuna 30-09-24, 07:12
0 2024-YIL 1-OKTABRDAN

Iste'mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda quyidagi qo'shimcha litsenziya talablari...

menu
menu