Kuzatuvchi » Siyosiy » YO'L OBYEKTIDA QURILISH VA TA'MIRLASH ISHLARI BO'YICHA HUQUQBUZARLIK ANIQLANISHIGA YORDAMLASHGAN SHAXSLAR MUKOFOTLANADI

YO'L OBYEKTIDA QURILISH VA TA'MIRLASH ISHLARI BO'YICHA HUQUQBUZARLIK ANIQLANISHIGA YORDAMLASHGAN SHAXSLAR MUKOFOTLANADI

“Yo'llar va yo'l infratuzilmasining yaxshi holatda saqlanishini ta'minlash hamda hududlarni obodonlashtirish bo'yicha amaldagi mexanizmlarni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 2024-yil 1-iyuldagi 241 sonli Prezident qaroriga ko`ra, ruxsatnoma olmasdan yo'l obyektida qurilish va ta'mirlash ishlarini amalga oshirganlik yoki yo'l obyektining avvalgi holatini  tiklash bo'yicha majburiyatni bajarmaslik holati bo'yicha huquqbuzarlik aniqlanishiga faol yordam bergan shaxslarga undirilgan jarimaning 50 foizi miqdorida mukofot puli beriladi.

Hududlar qiyofasini yaxshilash maqsadida eksperiment tariqasida 2024-yil 1-sentyabrdan 2025-yil 1-sentyabrgacha joylardagi hokimlar belgilab beradigan muayyan hududda quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

 

fuqarolar va yuridik shaxslarning ularga tegishli bino va inshootga tutash hududlarni obodonlashtirish borasidagi mas'uliyati OAV, ijtimoiy tarmoqlar orqali har bir mahallada mahalla raislari tomonidan tushuntirilishini tashkil qilish;

 

ko'p qavatli uylar hovlisi va atrofi, yo'l hamda ko'cha chetlarining obodonlashtirilgan namunaviy ko'rinishini tasdiqlash;

 

yo'l va ko'cha chetlaridagi bo'sh yerlarni ko'kalamzorlashtirish bo'yicha dastur tasdiqlash.

 

Raisa TIMOFEYEVA, 

Qoshkopir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

ТАЗЙИҚ ВА ЗЎРАВОНЛИКДАН ЖАБРЛАНГАН ШАХСЛАРГА ИЖТИМОИЙ

personmaftuna 19-05-24, 01:15
0 ТАЗЙИҚ ВА ЗЎРАВОНЛИКДАН ЖАБРЛАНГАН ШАХСЛАРГА ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР КЎРСАТИШ ТАКОМИЛЛАШТИРИЛАДИ

“Тазйиқ ва зўравонликдан жабрланган шахсларга ижтимоий хизматлар кўрсатишни такомиллаштириш бўйича қўшимча...

ИХТИСОСЛАШТИРИЛГАН СПОРТ МАКТАБЛАРИ ФАОЛИЯТИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ

personmaftuna 26-09-25, 18:47
0 ИХТИСОСЛАШТИРИЛГАН СПОРТ МАКТАБЛАРИ ФАОЛИЯТИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ ТАРТИБИ БЕЛГИЛАНДИ

Ҳукумат қарори (524-сон, 20.08.2025 й.) билан “Ўзбекистон Республикаси Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги...

НОГИРОНЛИГИ БЎЛГАН БОЛАНИНГ ОНАСИГА ПЕНСИЯ ТАЙИНЛАШДА

personmaftuna 08-06-25, 16:10
0 НОГИРОНЛИГИ БЎЛГАН БОЛАНИНГ ОНАСИГА ПЕНСИЯ ТАЙИНЛАШДА ҚАНДАЙ ИМТИЁЗЛАР БОР?

Ногиронлиги бўлган болаларнинг оналарига қуйидаги имтиёзлар берилган: 1.Ногиронлиги бўлган фарзандини 8 ёшгача тарбия...

menu
menu