Kuzatuvchi » Siyosiy » ENG NAMUNALI BOG‘CHALARDA GIMNASTIKA XONALARI TASHKIL QILINADI

ENG NAMUNALI BOG‘CHALARDA GIMNASTIKA XONALARI TASHKIL QILINADI

“Toshkent shahrida boks va gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktablari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–94-son, 22.06.2024-y) qabul qilindi. 

 Farmonga ko‘ra, 2024-yil 1-sentyabrgacha:

🔹ixtisoslashtirilgan sport maktablari uchun maqbullashtirilgan o‘quv rejalari ishlab chiqiladi. 

         

Bunda O‘zbekiston tarixi va ingliz tili fanlarining chuqurlashtirilgan holda o‘qitilishiga hamda umumlashgan tabiiy fan va sport psixologiyasining zamonaviy usullarda o‘rgatilishiga alohida e’tibor qaratiladi;

🔹ixtisoslashtirilgan sport maktablarida ikkinchi xorijiy tilni o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi;

🔹har bir tuman va shahardan kamida 3 tadan eng namunali davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tanlab olinib, gimnastika xonalari tashkil qilinadi.

           Farmonga muvofiq, ixtisoslashtirilgan sport maktablarida:

o‘quv-tarbiya jarayoni 5–11-sinflar doirasida maxsus ta’lim dasturlari bo‘yicha tashkil etiladi;

qabul jarayonlariga xalqaro va mahalliy trener-seleksionerlar jalb qilinadi;

ta’lim jarayoni o‘quvchilar soni 12 nafardan 24 nafargacha sinflarda amalga oshiriladi;

o‘quvchilarining umumiy cheklangan soni 168 nafar etib belgilanadi. 

         2024/2025-o‘quv yilidan har yili mahalliy va xorijiy sport ustalari, trener hamda mashhur sportchilar ishtirokida mahorat darslari o‘tkaziladi.

       Farmonga asosan, ixtisoslashtirilgan sport maktablari o‘quvchi-sportchilari O‘zbekiston chempionati va kubogi musobaqalarida alohida jamoa sifatida to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etadi. 

        Shuningdek, ixtisoslashtirilgan sport maktablari tizimida boks va gimnastika bo‘yicha trenerlar maktabi tashkil qilinadi.

J.OTAJONOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.

Boshqa maqolalar

BILASIZMI?

personmaftuna 31-01-24, 04:15
0 BILASIZMI?

Qonunchilikka ko‘ra umumiy foydalanishdagi gaz tarmoqlariga tijorat maqsadlarida o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud...

OZIQ-OVQAT XARID QILAYOTGANDA QADOG‘IDAGI QANDAY YOZUVLARGA

personmaftuna 11-12-24, 11:44
0 OZIQ-OVQAT XARID QILAYOTGANDA QADOG‘IDAGI QANDAY YOZUVLARGA E’TIBOR BERISH KERAK?

Har doim ham do‘kondan oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilayotganimizda qadog‘idagi yozuvlarga e’tibor beravermaymiz....

BILASIZMI?

personmaftuna 21-02-24, 06:59
0 BILASIZMI?

Qonunchilikka ko‘ra, ikki yoki undan ortiq jismoniy shaxsning birgalikdagi ijodiy mehnati natijasida yaratilgan asarga...

menu
menu