Kuzatuvchi » Siyosiy » RAQAMLI KRIMINALISTIKA SOHASIDA ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATI TASHKIL ETILADI

RAQAMLI KRIMINALISTIKA SOHASIDA ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATI TASHKIL ETILADI

“Raqamli kriminalistika sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-229-son, 21.06.2024 y.) qabul qilindi.

 Qarorga ko'ra, Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga (Akademiya) quyidagi qo'shimcha vazifalar yuklatildi, jumladan:

raqamli kriminalistika sohasida innovatsion tadqiqotlar olib borish, katta hajmdagi ma'lumotlar (“Big Data”), sun'iy intellekt va boshqa ilg'or texnologiyalarni tahlil qilib, amaliyotga joriy etish;

huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jinoyatlarning raqamli izlarini aniqlash, olib qo'yish, saqlash va tadqiq qilish bo'yicha tezkor-qidiruv tadbirlari, tergovga qadar tekshiruv va tergov harakatlarini o'tkazishda raqamli kriminalistika jihatidan amaliy yordam berish;

raqamli ekspertizaning zamonaviy texnologiyalari va vositalarini joriy etish.

           Akademiyaning Raqamli kriminalistika ilmiy-uslubiy markazi negizida Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti (Institut) tashkil etiladi.

✔️2024-yil 1-avgustdan Institutga raqamli kriminalistika bo'yicha sud ekspertizalari va tadqiqotlarni o'tkazish huquqi beriladi.

 Institut sud-ekspertlik faoliyati qamrovini kengaytirish maqsadida 2024-yil yakunigacha katta hajmdagi ma'lumotlar (“Big Data”) ekspertizasi o'tkazilishini yo'lga qo'yadi.

         “Raqamli dalillar yagona reyestri idoralararo avtomatlashtirilgan tizimining sinov versiyasi 2025-yil 1-martgacha, 2025-yil 1-avgustgacha to'liq versiyasi joriy etiladi.

J.OTAJONOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.

Boshqa maqolalar

HODIMLARGA TO’LANISHI SHART BO’LGAN KOMPENSATSIYALAR

personmaftuna 20-10-24, 14:02
0 HODIMLARGA TO’LANISHI SHART BO’LGAN KOMPENSATSIYALAR

Amaldagi Mehnat kodeksining 286-moddasiga asosan, ish beruvchi quyidagi hollarda xodimga uning o‘z mehnat...

ELЕKTR HISOBLAGICH KIMNI HISOBIDAN XARID QILINADI ?

personmaftuna 05-03-24, 23:53
0 ELЕKTR HISOBLAGICH KIMNI HISOBIDAN XARID QILINADI ?

⚡️ SAVOL; Elektrga ulanish uchun yangi iste’molchilarga elektr xisoblagichni iste’molchini o‘zi sotib olishi kerakmi...

UY-JOY OLISH UCHUN SUBSIDIYAGA ARIZALAR 15-MAYDAN BOSHLAB

personmaftuna 19-05-24, 01:30
0 UY-JOY OLISH UCHUN SUBSIDIYAGA ARIZALAR 15-MAYDAN BOSHLAB QABUL QILINADI

Subsidiya 2 ta yo'nalishda ajratiladi: 1 Yakka tartibdagi uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun 120...

menu
menu