QISHLOQ XO'JALIGI VA OZIQ-OVQAT SOHASIDAGI ISLOHOTLAR JADALLASHTIRILADI
“Qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sohasidagi islohotlarni jadallashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-227-son, 20.06.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, davlat muassasasi shaklida “Qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi (Loyiha ofisi) tashkil etiladi.
Loyiha ofisi har oyda qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sohasini isloh qilish holati, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, islohotlarni amalga oshirishga to'sqinlik qilayotgan omillar va ularni bartaraf etish yo'llari to'g'risida Prezident Administratsiyasiga axborot kiritib boradi.
Qishloq xo'jaligi vazirligi va Loyiha ofisi tomonidan:
🔹2024-yilda:
-meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari sifatini tekshirish va eksport ulushini oshirish uchun Samarqand, Farg'ona va Toshkent viloyatlarida xalqaro talablarga mos bo'lgan 3 ta zamonaviy laboratoriya tashkil etish choralari ko'riladi.
🔹2024/2025 o'quv yilidan:
- agrar sohadagi oliy ta'lim muassasalari talabalari bilimini, pedagoglarining malakasini oshirish hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy xodimlari faoliyatini xalqaro tajribalar asosida baholash tizimi takomillashtiriladi;
-Toshkent davlat agrar universitetida ta'lim yo'nalishlari bosqichma-bosqich xalqaro akkreditatsiyadan o'tkaziladi.
Loyiha ofisiga tegishli vazirlik va idoralar, ularning tizimidagi muassasalar, ilmiy-tadqiqot muassasalarining tajribali mutaxassislarini bozor konyunkturasidan kelib chiqib, shartnoma asosida Loyiha ofisi faoliyatiga jalb qilish huquqi beriladi.
J.OTAJONOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.
Boshqa maqolalar
BALIQ OVLASH QOIDALARINI - BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK
personmaftuna 20-10-24, 13:27Qonunchilikka ko'ra, tegishli ruxsati bo'lmay turib yoki taqiqlangan joylarda yoxud taqiqlangan muddatlarda,...
AGAR ХODIM ISHDAN BOʻSHASH HAQIDAGI FIKRINI OʻZGARTIRSA...
personmaftuna 28-03-24, 01:02Mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida har ikki taraf imzolagan yozma kelishuv bir tomonlama bekor qilinishi...
DAVLAT MULKINI ХUSUSIYLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA QONUN QABUL
personmaftuna 30-04-24, 00:32Prezident tomonidan 14.02.2024-yildagi “Davlat mulkini х ususiylashtirish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-907 -son Qonun imzolandi....