Kuzatuvchi » Siyosiy » XALQARO REYTING VA INDEKSLAR BILAN ISHLASH TIZIMIDA PARLAMENT NAZORATI KUCHAYTIRILADI

XALQARO REYTING VA INDEKSLAR BILAN ISHLASH TIZIMIDA PARLAMENT NAZORATI KUCHAYTIRILADI

“Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda ushbu sohada parlament nazoratini kuchaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-91-son, 19.06.2024 y.) qabul qilindi. 

Farmonga ko'ra, har yili Oliy Majlisi Senatida O'zbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi o'rni yaxshilanishi to'g'risidagi milliy ma'ruzani muhokama qilish tartibi joriy etiladi.

✔️ Oliy Majlis Senati tomonidan ustuvor xalqaro reyting va indekslarning ro'yxatini tasdiqlashda tegishli xalqaro reyting hamda indekslarga mutasaddi vazirlik va idoralar biriktiriladi.

Vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari Oliy Majlis Senati tomonidan belgilangan ustuvor xalqaro reyting va indekslarda respublikaning o'rni yaxshilanishi, shuningdek, ustuvor xalqaro reyting va indekslarda O'zbekiston Respublikasining o'rnini yaxshilash bo'yicha maqsadli ko'rsatkichlarga   erishilishi uchun shaxsan mas'ul hisoblanadi.

 

 Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo'yicha respublika kengashiga quyidagi vazifalar yuklandi, jumladan:

mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan ustuvor xalqaro reyting va indekslarda respublikaning o'rnini yaxshilashda maqsadli ko'rsatkichlarga erishish doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qilib borish;

ustuvor xalqaro reyting va indekslarda respublikaning o'rnini yaxshilash, shu jumladan ilmiy-tadqiqot muassasalarini biriktirish;

milliy ma'ruza tayyorlanishini tashkil etish va uni dastlabki tarzda ko'rib chiqish;  

turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub o'zgarishlarning ustuvor xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o'rnini yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini ta'minlash, mazkur yo'nalishdagi ishlarning samaradorligiga to'siq bo'layotgan muammolarni bartaraf etish choralarini ko'rish.

 

J.OTAJONOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.



Boshqa maqolalar

AYRIM FUQAROLARGA ELEKTR ENERGIYASI VA GAZ UCHUN

personmaftuna 01-05-24, 11:03
0 AYRIM FUQAROLARGA ELEKTR ENERGIYASI VA GAZ UCHUN KOMPENSATSIYA TAQDIM ETILADI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor...

SOGʻLIQNI SAQLASH TIZIMINI RAQAMLASHTIRISH JADALLASHTIRILADI

personmaftuna 23-01-24, 00:12
0 SOGʻLIQNI SAQLASH TIZIMINI RAQAMLASHTIRISH JADALLASHTIRILADI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.12.2023-yildagi «Sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirishni...

“ISHCHI VIZA”NI RASMIYLASHTIRISH UCHUN KOMPENSATSIYA

personmaftuna 01-09-25, 02:18
0 “ISHCHI VIZA”NI RASMIYLASHTIRISH UCHUN KOMPENSATSIYA BERILADI

Farmonga ko'ra, (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/7222)2024-yil 1-iyundan: “Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron...

menu
menu