Kuzatuvchi » Siyosiy » ISTE’MOLCHINING ASOSIY HUQUQLARI

ISTE’MOLCHINING ASOSIY HUQUQLARI

Iste’molchi - bu mahsulot, ish yoki xizmatni shaxsiy iste’mol yoki foyda olish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa maqsadlarda sotib oladigan yoki buyurtma qiladigan fuqaro.

Iste’molchi quyidagi huquqlarga ega.

  • tovar (ish, xizmat) haqida, uni ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqida ishonchli va to‘liq ma’lumot olish;
  • tovar (ish, xizmat)ni erkin tanlashga va uning tegishli darajada sifatli bo‘lishini talab qilish;
  • tovar (ish, xizmat)ning xavfsiz bo‘lishini talab qilish;
  • sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) tomonidan yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilish;
  • buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha sudga yoki vakolatli organlarga murojaat etish.
  • iste’molchilarning jamoat birlashmalarini tuzish.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarga ajratilgan iste’molchilarning ayrim guruhlari uchun qonunchilik tomonidan savdo, maishiy va boshqa xizmat turlari sohasida imtiyozlar va ustunliklar berilishi mumkin.

  • Iste’molchining huquqlari buzilgan taqdirda, u sudga murojaat qilishga haqlidir. Da’volar, agar qonunlarda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, javobgar, iste’molchi joylashgan yerdagi yoki zarar yetkazilgan joydagi sudga taqdim etiladi.
  • Iste’molchilar o‘z huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq da’volar bo‘yicha, shuningdek, tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz bo‘lishi ularning sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari, iste’molchilarning jamoat birlashmalari iste’molchining (iste’molchilar nomuayyan doirasining) manfaatlarini ko‘zlab qo‘zg‘atiladigan da’volar bo‘yicha davlat boji to‘lashdan ozod qilinadilar.

N.NURJONOV,

Yangibozor tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i. 

Boshqa maqolalar

АҲОЛИНИНГ ЭҲТИЁЖМАНД ҚАТЛАМЛАРИ УЧУН ДАВЛАТ БОЖИ

personmaftuna 30-09-24, 10:53
0 АҲОЛИНИНГ ЭҲТИЁЖМАНД ҚАТЛАМЛАРИ УЧУН ДАВЛАТ БОЖИ КАМАЙТИРИЛДИ

Президент 16.01.2024 йилда ЎРҚ-896-сонли «Ўзбекистон Республикаси адлия органлари тизими такомиллаштирилиши муносабати...

AYRIM JINOYAT PROTSESSI QATNASHCHILARIGA HAQ TO'LASH

personmaftuna 30-09-24, 01:52
0 AYRIM JINOYAT PROTSESSI QATNASHCHILARIGA HAQ TO'LASH TARTIBI BELGILANDI

Hukumat qarori (570-son, 28.10.2023-y.) bilan Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va...

DAVLAT MULKINI IJARAGA BERISH TARTIBI BELGILANDI

personmaftuna 19-11-24, 19:28
0 DAVLAT MULKINI IJARAGA BERISH TARTIBI BELGILANDI

Vazirlar Mahkamasining 660-son qarori bilan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi....

menu
menu