BILASIZMI?
Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi. Shunga ko'ra, notariuslar tomonidan bitimni tasdiqlashda avtomashina egasining turmush o'rtog'ining roziligi talab etiladi.
(O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrug‘i, 04.01.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3113 https://lex.uz/ru/docs/-4138215)
Quyidagi hollarda esa bitimni tasdiqlash uchun er yoki xotinning roziligi talab qilinmaydi:
🔹nikoh qayd etilgunga qadar sotib olingan;
🔹meros tariqasida yoki hadya shartnomasi bo'yicha olingan;
🔹nikoh davomida sotib olingan avtomototransport vositasi nikoh shartnomasiga asosan taqsimlab olingan bo'lsa;
🔹er-xotin o'rtasidagi mulkni bo'lish to'g'risidagi sud hujjati yoxud notarial tartibda rasmiylashtirilgan kelishuv mavjud bo'lsa.
J.OTAJONOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.
Boshqa maqolalar
ХОРИЖИЙ ИШ БЕРУВЧИЛАР ТОМОНИДАН ТАКЛИФ ҚИЛИНАЁТГАН ИШ
personmaftuna 14-12-24, 15:58“Хорижда меҳнат фаолиятини амалга ошириш жараёнларини тартибга солиш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги...
QARINDOSHLIK NIMA ?
personmaftuna 08-08-25, 02:01O ‘ zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 57-moddasiga asosan, bir umumiy uchinchi shaxsdan (ajdoddan) kelib chiqqan...
БИЛИБ ОЛИНГ
personmaftuna 30-01-25, 02:24Ҳукумат қарори (2-сон, 06.01.2025 й.) билан “Портлаш хавфи бўлган муҳитларда ишлатиладиган асбоб-ускуналар хавфсизлиги...