BILIB OLING
“O'zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o'tishda milliy shaffoflik tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-213-son,) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, O'zbekistonda “yashil” iqtisodiyotga o'tish choralarini muvofiqlashtirish bo'yicha idoralararo kengashga issiqxona gazlarining xatlovi bo'yicha quyidagi qo'shimcha vazifalar yuklandi:
- issiqxona gazlari xatlovi hisobotini tasdiqlash;
- xatlov tizimining ichki qoidalarini tasdiqlash va yangilab borish;
- issiqxona gazlari ajratmalarini kamaytirish faoliyatini muvofiqlashtirish;
- xatlov tizimi ishtirokchilarining salohiyatini oshirish choralarini ko'rish.
2024-yil 1-dekabrgacha milliy shaffoflik tizimi onlayn platformasi (onlayn platforma) ishga tushirilishi va uning “Yashil” iqtisodiyot onlayn platformasiga integratsiya qilinishi ta'minlanadi.
2025-yil 1-yanvargacha tajriba-sinov tariqasida muayyan soha, hudud va korxonalarda issiqxona gazlari ajratmalari xatlovdan o'tkazilishi ta'minlanadi.
Bunda onlayn platformaning faoliyati Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Yashil” iqtisodiyot loyihalari markazi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
J.OTAJONOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.
Boshqa maqolalar
“AYOLLAR DAFTARI” RO‘YXATIGA KIRITILGAN XOTIN-QIZLARNING
personmaftuna 29-09-24, 13:17Xotin-qizlarning bandligiga sektorlar rahbarlari tuman investitsiya bo‘limlari, mahallabay ishlash va tadbirkorlikni...
ИҚТИСОДИЁТДА ХУСУСИЙ СЕКТОРНИНГ РОЛИ ЯНАДА ОШИРИЛАДИ
personmaftuna 24-08-25, 18:40“Иқтисодиётда рақобатни ривожлантириш ва хусусий секторнинг ролини янада ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент...
“HAJ VA UMRA” YAGONA PORTALI ISHGA TUSHIRILADI
personmaftuna 15-05-25, 11:48Prezident tomonidan 21.04.2025 - yildagi «Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash va...