Kuzatuvchi » Siyosiy » MUHAMMAD RIZO OGAHIY NOMIDAGI XALQARO MUKOFOT TA'SIS ETILADI

MUHAMMAD RIZO OGAHIY NOMIDAGI XALQARO MUKOFOT TA'SIS ETILADI

“Badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofotni ta'sis etish to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-205-son 04.05.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot (Xalqaro mukofot) ta'sis etiladi. 

 Xalqaro mukofot uchun tanlovlar 2025-yildan boshlab, har 2 yilda bir marta quyidagi yo'nalishlarda o'tkaziladi va g'oliblar aniqlanadi:

🔹o'zbek adabiyotining nasriy asarlaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima;

🔹o'zbek adabiyotining she'riy asarlaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima;

🔹o'zbek bolalar adabiyoti namunalaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima;

🔹xorijiy tillarda yaratilgan nasriy asarlardan o'zbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima;

🔹xorijiy tillarda yaratilgan she'riy asarlardan o'zbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima;

🔹xorijiy tillarda yaratilgan bolalar adabiyoti namunalaridan o'zbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima.

 

✔️ Xalqaro mukofot g'oliblarining har biri maxsus diplom, ko'krak nishoni va BHMning 300 baravari (102 mln so'm) miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

 

J.OTAJONOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.

Boshqa maqolalar

SHAХSLARNI ISHSIZ DEB E’TIROF ETISH

personmaftuna 01-05-24, 13:48
0 SHAХSLARNI ISHSIZ DEB E’TIROF ETISH

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining buyrugʻi (roʻy х at raqami 3472 , 31.10.2023 y.) bilan Sha х slarni...

TEATR VA SIRK ARTISTLARIGA MALAKA TOIFASI BERILADI

personmaftuna 13-12-24, 10:21
0 TEATR VA SIRK ARTISTLARIGA MALAKA TOIFASI BERILADI

Vazirlar Mahkamasining 06.12.2024-yildagi “Davlat teatrlari, teatr studiyalari, sirk va konsert-tomosha...

SHAXS ERKINLIGI KAFOLATLARI

personmaftuna 15-12-24, 23:23
0 SHAXS ERKINLIGI KAFOLATLARI

Har kim o‘z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli. Shaxsni ushlash...

menu
menu