Kuzatuvchi » Siyosiy » NOGIRONLIKNI BELGILASH TIZIMI TAKOMILLASHTIRILADI

NOGIRONLIKNI BELGILASH TIZIMI TAKOMILLASHTIRILADI

“Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-257-son, 16.07.2024 y.) qabul qilindi. 

Qarorga ko'ra, Nogironlikni belgilashning quyidagi tartibi joriy etiladi:

2024-yil 1-sentyabrdan Toshkent shahri va Navoiy viloyatining tuman (shahar)larida bosqichma-bosqich eksperiment tariqasida, 2025-yil 1-sentyabrgacha respublikaning qolgan hududlarida:

fuqarolarga nogironlikni belgilash bo'yicha YIDXP (my.gov.uz), “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki ijtimoiy xodimlar orqali oilaviy shifokorlarga murojaat qilish imkoniyati yaratiladi;

tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasi (TIEK) ko'rigi uchun fuqarolarning tibbiy hujjatlarini yo'llash oilaviy shifokorlar tomonidan elektron tarzda amalga oshiriladi;

 “Inson” markazlari xodimlari tomonidan 18 yosh va undan katta shaxslarning funksionalligini baholash tartibi joriy etiladi. Bunda baholash natijalari 2025-yil 1-sentyabrgacha nogironlikni belgilash uchun asos hisoblanmaydi;

shaxs sog'lig'ining holatiga ko'ra “Inson” markazlariga borish imkoniga ega bo'lmaganda sog'lig'ining holati va funksionallikni baholash shaxsning uyida yoki davolanishda bo'lgan stasionarda o'tkaziladi;

2024-yil 1-oktyabrdan ixtisoslashtirilgan (psixiatriya, ftiziatriya va pulmonologiya, pediatriya) TIEKlar tomonidan nogironlikni belgilash tartibi bekor qilinib, nogironlik tumanlararo va tuman (shahar) TIEKlar tomonidan belgilanadi.

 

S.BERDIQILICHOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti.


Boshqa maqolalar

САВОЛ БЕРИНГ ЖАВОБ БЕРАМИЗ

personmaftuna 31-07-24, 03:07
0 САВОЛ БЕРИНГ ЖАВОБ БЕРАМИЗ

Мен давлат ташкилотида ишлайман. Турмуш ўртоғим ҳеч қаерда ишламайди. Турмуш ўртоғим учун Пенсия жамғармасига ижтимоий...

BILASIZMI?

personmaftuna 18-09-24, 19:13
0 BILASIZMI?

Qonunchilikka ko‘ra, iste’molchilarga elektr energiyasi va tabiiy gaz shartnoma asosida ulardan foydalanish qoidalariga...

DAVLAT MULKINI IJARAGA BERISH TARTIBI BELGILANDI

personmaftuna 19-11-24, 19:28
0 DAVLAT MULKINI IJARAGA BERISH TARTIBI BELGILANDI

Vazirlar Mahkamasining 660-son qarori bilan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi....

menu
menu