HOKIMLIKLARDA ICHKI AUDIT XIZMATLARI TASHKIL ETILADI
Farmonga (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/7650) ko'ra, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tuzilmasida ichki audit xizmatlari tashkil etiladi.
Hisob palatasiga mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha ichki nazorat tizimini joriy etishga, shuningdek, uning samarali faoliyat ko'rsatishiga doir chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish vakolati beriladi.
Davlat moliyaviy nazorati organlari hamda ichki audit xizmatlarining yillik ish rejalariga kiritiladigan moliyaviy nazorat va ichki audit tadbirlari majburiy tartibda Hisob palatasi bilan kelishiladi.
Davlat moliyaviy nazorati organlari hamda ichki audit xizmatlari tashkil etilgan vazirlik va idoralarga, Markaziy bank va tijorat banklaridan byudjet tashkilotlari hamda byudjet mablag'larini oluvchilarning byudjet va davlat qarzi mablag'larining harakatiga doir ma'lumotlarni markazlashgan tartibda so'rab olish vakolati beriladi.
S.BERDIQILICHOV,
Boshqa maqolalar
ELEKTROTEХNIKA SANOATINI YANGI TARAQQIYOT BOSQICHIGA OLIB
personmaftuna 15-02-25, 01:58Prezidentning 22.01.2025-yildagi "Elektrote х nika sanoatini yangi bosqichga olib chiqishga doir qoʻshimcha...
NIKOH, OILA VA FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI QAYD
personmaftuna 19-05-24, 20:41“Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish...
QO‘SHNILARNING TINCHINI BUZGANGA JAVOBGARLIK BORMI?
personmaftuna 12-12-24, 02:28– O ilam bilan k o‘ p qavatli uyda yashayman . Yuqori qavatdagi qo‘shnimiz har kuni mast holatda to‘polon qilib,...