Kuzatuvchi » Siyosiy » “XAVFLARNI BOSHQARISH” QO‘MITALARI TUZILADI

“XAVFLARNI BOSHQARISH” QO‘MITALARI TUZILADI

Farmonga (https://t.me/huquqiyaxborot/16188) muvofiq, 2025-yildan:

Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg'armalari hisobidan hududlarga taqsimlangan mablag'lar bo'yicha ma'lumotlar tegishli xalq deputatlari Kengashlariga taqdim etiladi. 

Bunda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining hududlarga Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg'armalaridan ajratilayotgan mablag'lar bo'yicha so'rovi va nazorati yo'lga qo'yiladi.

Har chorakda Hisob palatasi tomonidan o'tkazilgan nazorat tadbirlari yakunlari bo'yicha taqdim etilgan axborotlar Hukumatning majlislarida muhokama qilib boriladi.

2025-yil 1-yanvardan moliyaviy va boshqa xavflarning oldini olish uchun Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo'lgan yirik tashkilotlarda ularning birinchi rahbarlari boshchiligida kollegial asosda “Xavflarni boshqarish” qo'mitalari tuziladi.

 

S.BERDIQILICHOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti.

Boshqa maqolalar

MEHNAT SHARTNOMASI BEKOR QILINGANDA XODIM BILAN HISOB-KITOB

personmaftuna 25-06-24, 19:49
0 MEHNAT SHARTNOMASI BEKOR QILINGANDA XODIM BILAN HISOB-KITOB QILINISHI

Ish beruvchi tomonidan xodimga tegishli bo‘lgan barcha summalarni to‘lash xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan...

O‘ZBEKISTON DAVLAT SPORT AKADEMIYASI TASHKIL ETILADI

personmaftuna 25-06-24, 23:51
0 O‘ZBEKISTON DAVLAT SPORT AKADEMIYASI TASHKIL ETILADI

“O'zbekiston davlat sport akademiyasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori...

ЖОНЛИ ИЖРО САНЪАТИ ЯНАДА РИВОЖЛАНТИРИЛАДИ

personmaftuna 24-08-25, 18:35
0 ЖОНЛИ ИЖРО САНЪАТИ ЯНАДА РИВОЖЛАНТИРИЛАДИ

Қонун (ЎРҚ-1046-сон, 11.03.2025 й.) билан айрим қонун ҳужжатларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритилди. Қонунга кўра,...

menu
menu