BYUDJET MABLAG‘LARIDAN FOYDALANISH USTIDAN MOLIYAVIY NAZORAT KUCHAYTIRILADI
“Byudjet mablag'laridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-100-son, 10.07.2024-y.) qabul qilindi.
Farmonga ko'ra, quyidagilar amalga oshiriladi:
O'zbekistonning konsolidasiyalashgan byudjeti ijrosi tashqi auditdan o'tkaziladi va natijasi bo'yicha tegishli xulosalar tayyorlanadi;
2025-yildan ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo'lgan yirik tashkilotlar faoliyatini auditdan o'tkazish amaliyoti yo'lga qo'yiladi;
strategik va axborot texnologiyalari auditi turlari joriy etiladi;
Hukumat tomonidan O'zbekistonning konsolidasiyalashgan byudjeti ijrosi to'g'risidagi yillik hisobotni Hisob palatasiga tashqi audit o'tkazish va baholash uchun hisobot yilidan keyingi yilning 5 martigacha yuborish tartibi belgilandi.
2024-yildan O'zbekistonning barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalariga erishish dasturlarining ijrosi har yili Hisob palatasi tomonidan baholashdan o'tkaziladi hamda natijalari yuzasidan Prezidentga hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga hisobot kiritiladi.
S.BERDIQILICHOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti.
Boshqa maqolalar
RAQAMLI KRIMINALISTIKA SOHASIDA ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATI
personmaftuna 30-09-25, 11:46Raqamli kriminalistika sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyati tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining...
AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNING TASHKILIY REJASINI ISHLAB
personmaftuna 24-10-24, 16:51Aholi yozuvlari, shu jumladan yashash manzillari maʻlumotlar bazasi va maʻmuriy tumanlarni yaratish. Aholini, shu...
KASB-HUNAR KOLLEJIDA TA'LIM OLGANLIK TO‘G‘RISIDA DIPLOMI
personmaftuna 19-01-24, 19:45Mazkur xizmatdan foydalanish uchun ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga...