QO'QON” EIZ HUDUDI KENGAYTIRILADI
“Qo'qon” erkin iqtisodiy zonasining hududini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-250-son, 10.07.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, Farg'ona viloyatida import o'rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil qilish maqsadida, Quvasoy shahri hokimligi zaxirasidagi jami 210,4 gektar yer uchastkalari hisobiga “Qo'qon” erkin iqtisodiy zonasi (“Qo'qon” EIZ) hududi kengaytiriladi.
“Qo'qon” EIZning kengaytirilayotgan hududining bosh rejasi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi, bunda:
“Qo'qon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” unitar korxonasi bosh rejani ishlab chiqishda buyurtmachi tashkilot etib belgilanadi;
bosh reja loyihasini ishlab chiqish bo'yicha loyiha tashkiloti tender (tanlov) savdolari natijasiga ko'ra aniqlanadi.
2026-yil oxirigacha “Qo'qon” EIZning kengaytirilayotgan hududida kamida 1 mlrd AQSH dollari miqdorida investitsiyalar o'zlashtirilishi, 11,7 mingdan ortiq yangi ish o'rinlari yaratilishi, yiliga 965 mln AQSH dollari miqdorida qo'shimcha mahsulot ishlab chiqarish, shundan 313,6 mln dollarini eksportga yo'naltirish bo'yicha quvvatlar ishga tushirilishi ta'minlanadi.
S.BERDIQILICHOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti.
Boshqa maqolalar
“YASHIL BELGI” MAHSULOT VA XIZMATLARNI YAGONA IXTIYORIY
personmaftuna 08-08-25, 01:20“Yashil belgi” mahsulot va xizmatlarni yagona ixtiyoriy ekologik markirovkalash tartibi to'g'risida”gi nizom Adliya...
ПЕДАГОГНИНГ ҚАНДАЙ МАЖБУРИЯТЛАРИ БОРЛИГИНИ БИЛАСИЗМИ?
personmaftuna 19-03-24, 01:30Педагог ўз касбий фаолиятини амалга оширишда: -таълим-тарбия жараёни иштирокчиларининг шаъни, қадр-қиммати ва ишчанлик...
KONSERT-TOMOSHA TADBIRLARIDA FONOGRAMMADAN FOYDALANISH
personmaftuna 01-05-25, 06:21“Konsert-tomosha faoliyatida jonli ijroni yana-da rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida” gi...