Kuzatuvchi » Siyosiy » “UMRA” TADBIRLARINI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH LITSENZIYALANADIGAN FAOLIYATNING ALOHIDA TURI SIFATIDA BELGILANDI

“UMRA” TADBIRLARINI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH LITSENZIYALANADIGAN FAOLIYATNING ALOHIDA TURI SIFATIDA BELGILANDI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-935-son, 02.07.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi. 

“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida”gi Qonunga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchaga ko'ra, “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o'tkazish bo'yicha xizmatlar ko'rsatishga doir faoliyat litsenziyalanadigan faoliyatning alohida turi sifatida belgilandi.

Bunda, Din ishlari bo'yicha qo'mita mazkur sohadagi litsenziyalovchi vakolatli organ sifatida belgilandi. 

Shuningdek, “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o'tkazish bo'yicha faoliyat uchun litsenziya olish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar miqdorlari BHMning 200 baravari (68 mln so'm) etib belgilandi.

Bundan tashqari “Davlat boji to'g'risida”gi Qonunga kiritilgan o'zgartirishga ko'ra, Din ishlari bo'yicha qo'mita tomonidan "Umra" tadbirlarini tashkil etish va o'tkazish bo'yicha faoliyatini litsenziyalaganlik uchun to'lanadigan davlat boji BHMning 10 baravari (3mln 400 ming so'm) etib belgilandi.

Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oy o'tgach kuchga kiradi.

 

S.BERDIQILICHOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti.


Boshqa maqolalar

FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI QAYD ETUVCHI ORGANLAR VA

personmaftuna 25-09-25, 22:24
0 FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI QAYD ETUVCHI ORGANLAR VA NIKOH TUZISH TARTIBI

FHDYo organlari – tuman va shahar FHDYo bo‘limlari, nikoh uylari hamda Davlat xizmatlari agentligining Qoraqalpog‘iston...

BILASIZMI?

personmaftuna 19-05-24, 18:08
0 BILASIZMI?

Maktab, о‘qituvchi, о‘quvchi va ota-ona. Kim nimaga mas’ul? Chegaralar qayerda? Bugungi kunda yoshlar tarbiyasi,...

TADBIRKORLARGA QANDAY KOʻMAK BERILADI?

personmaftuna 01-06-24, 01:55
0 TADBIRKORLARGA QANDAY KOʻMAK BERILADI?

Prezidentning 24.05.2024-yildagi “Tadbirkorlik sub’yektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim...

menu
menu