Kuzatuvchi » Siyosiy » MAKTABGACHA TA'LIM AGENTLIGI FAOLIYATI TUGATILDI

MAKTABGACHA TA'LIM AGENTLIGI FAOLIYATI TUGATILDI

“Maktabgacha va maktab ta'limi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-98-son, 02.07.2024 y.) qabul qilindi. 

Farmonga ko'ra, Maktabgacha ta'lim agentligi (Agentlik) faoliyati tugatildi hamda Agentlikning tashkiliy tuzilmasidagi tashkilotlar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tasarrufiga o'tkazildi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi zimmasiga quyidagi qo'shimcha funksiyalar yuklatildi, jumladan:

ilg'or xorijiy tajribani hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

maktabgacha ta'lim va tarbiya jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta'lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini joriy etish;

maktabgacha ta'limning o'quv reja, dastur va o'quv-metodik majmualarini takomillashtirish, ularning umumiy o'rta ta'lim dasturlari bilan uzviyligini ta'minlash;

davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari orasida sog'lom raqobat muhitini yaratish hisobiga barcha bolalarning maktabgacha ta'lim bilan bosqichma-bosqich qamrab olinishini ta'minlash.

 

S.BERDIQILICHOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti.




Boshqa maqolalar

DAVLAT IT-PARK REZIDENTLARINI QANDAY QOʻLLAB-QUVVATLAYDI?

personmaftuna 26-12-24, 02:32
0 DAVLAT IT-PARK REZIDENTLARINI QANDAY QOʻLLAB-QUVVATLAYDI?

O ‘ zbekiston Respublikasi Prezidentning 14.10.2024-yildagi “Raqamlashtirish sohasida eksport faoliyati bilan...

БИЛАСИЗМИ?

personmaftuna 14-05-24, 01:54
0 БИЛАСИЗМИ?

“Оилавий тадбиркорликни ривожлантириш дастурлари доирасида аҳолининг бизнес ташаббусларини молиялаштиришни...

Қонунчиликка кўра, уч ёшга тўлмаган боланинг бюджет

personmaftuna 28-03-24, 10:05
0 Қонунчиликка кўра, уч ёшга тўлмаган боланинг бюджет ташкилотларда ишлайдиган онаси ҳафтасига 35 соатдан ошмайдиган иш вақти белгиланади ва бунда иш ҳақи камайтирилмайди. Иш берувчи ҳомиладор аёлнинг, 14 ёшга тўлмаган боланинг (16 ёшга тўлмаган ногиро

Қонунчиликка кўра, иш берувчи ходимнинг меҳнатда майиб бўлиши ва касб касаллиги туфайли ҳаётига ёки соғлиғига...

menu
menu