Kuzatuvchi » Siyosiy » XORIJIY TILNI C1 DARAJADA BILADIGAN TALABALARGA ISHLASHGA RUXSAT ETILADI

XORIJIY TILNI C1 DARAJADA BILADIGAN TALABALARGA ISHLASHGA RUXSAT ETILADI

Qarorga muvofiq, 2024-yil 1-oktabrdan:

Yoshlar ishlari agentligi har yili xususiy o'quv markazlarining Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimidagi reytingini tuzadi hamda rasmiy veb-saytida e'lon qilib boradi; 

reyting natijalariga ko'ra olis va chekka hududlarda faoliyat ko'rsatuvchi eng yuqori ko'rsatkichga ega 100 ta xususiy o'quv markazining ta'lim jarayonida foydalanadigan bino va inshootlar uchun ijara to'lovi xarajatlarining bir qismi kompensasiya qilinadi.

2024–2026 yillarda oliy ta'lim tashkilotlarining xorijiy til filologiyasi ta'lim yo'nalishi bo'yicha 3 va 4-kursda tahsil olayotgan hamda kamida C1 darajadagi sertifikatga ega talabalariga umumiy o'rta, o'rta maxsus va professional ta'lim tashkilotlarida o'qituvchi sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirishiga ruxsat etiladi.

2024/2025-o'quv yilidan ota-onalar va o'quvchilar talabidan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan maktablar va kasb-hunar maktablarida chet tili sifatida nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillarini o'qitishni yo'lga qo'yiladi.

2025-yil 1-yanvargacha ingliz tili, keyingi yillarda boshqa xorijiy tillar va zamonaviy kasblarni o'rgatish bo'yicha dunyoning yetakchi markazlari, oliy ta'lim tashkilotlari bilan hamkorlikni yo'lga qo'yiladi hamda ularning xalqaro ta'lim standartlariga mos ta'lim dasturlari “Ibrat farzandlari” va “Ustoz” loyihalariga tatbiq etiladi.


 
S.BERDIQILICHOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti.

Boshqa maqolalar

QANDAY HOLLARDA KONSULLIK YIG’IMINI TO’LASHDAN OZOD QILISH

personmaftuna 21-03-25, 16:20
0 QANDAY HOLLARDA KONSULLIK YIG’IMINI TO’LASHDAN OZOD QILISH TARTIBI  QO’LLANISHI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

O‘zbekiston Respublikasining konsullik yig‘imlarini undirishdan voz kechish to‘g‘risidagi xalqaro shartnomasi mavjud...

MAXSUS KO'NIKMALARNI TALAB QILADIGAN DAVOLASH CHORALARINI

personmaftuna 07-06-25, 20:24
0 MAXSUS KO'NIKMALARNI TALAB QILADIGAN DAVOLASH CHORALARINI KO'RGAN SHIFOKORLARGA QO'SHIMCHA USTAMALAR TO'LANADI

Qarorga ko'ra, (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/9436) 2025-yil 1-iyuldan respublikaning barcha davlat tibbiyot...

SHAXS ERKINLIGI KAFOLATLARI

personmaftuna 27-01-24, 05:07
0 SHAXS ERKINLIGI KAFOLATLARI

Har kim o‘z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli. Shaxsni ushlash...

menu
menu