Kuzatuvchi » Siyosiy » AYRIM YOSHLAR TIL O'RGANGANLIGI UCHUN MODDIY RAG'BATLANTIRILADI

AYRIM YOSHLAR TIL O'RGANGANLIGI UCHUN MODDIY RAG'BATLANTIRILADI

Qarorga ko'ra: 

imtihon topshirish xarajati qoplanadigan xalqaro imtihon tizimlari bo'yicha ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillaridan kamida C1 yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikat olgan yoshlarni imtihon topshirish xarajatlarini kompensasiya qilishga qo'shimcha ravishda o'qish xarajatlarini qoplash uchun BHMning 3 baravari (1 mln 20 ming so'm) miqdorida bir martalik moddiy rag'batlantirish tizimi joriy etiladi;

2024-yil 1-sentabrdan 2027-yil 1-yanvargacha yoshlarning nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari bo'yicha xalqaro imtihon tizimlarida imtihon topshirish xarajatlari qoplab berilishi uchun ular tomonidan to'planishi lozim bo'lgan ballning (sertifikat darajasining) minimal ko'rsatkichi bir pog'ona pasaytiriladi.

Shuningdek, umumiy o'rta ta'lim muassasalarining sinf xonalarini ta'lim jarayonidan bo'sh vaqtda kasb-hunar va xorijiy tillarni o'qitish faoliyatini amalga oshirish uchun to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar asosida tekin foydalanish huquqi bilan xususiy o'quv markazlariga berishga ruxsat etiladi. 

Bunda tegishli umumiy o'rta ta'lim muassasalarining ro'yxati Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.


 
S.BERDIQILICHOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti.

Boshqa maqolalar

MUDDATLI MEHNAT SHARTNOMASI BOʻYICHA ISHLAYOTGAN ХODIM OʻZ

personmaftuna 28-03-24, 00:35
0 MUDDATLI MEHNAT SHARTNOMASI BOʻYICHA ISHLAYOTGAN ХODIM OʻZ VAQTIDA ISHDAN BOʻSHATILMAGAN BOʻLSA

Mehnat kodeksining 158-moddasi ga ko‘ra, m uddatli mehnat shartnomasi uning amal qilish muddati tugashi bilan bekor...

ИШ ҲАҚИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДАГИ КОНВЕНЦИЯ РАТИФИКАЦИЯ

personmaftuna 27-03-24, 01:04
0 ИШ ҲАҚИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДАГИ КОНВЕНЦИЯ РАТИФИКАЦИЯ ҚИЛИНДИ

Президент томонидан имзоланган Қонун (ЎРҚ-918-сон, 12.03.2024 й.) билан Халқаро меҳнат ташкилотининг Конвенцияси...

TRANSPORT VOSITASINING VIN KODLARINI OLISH – DAVLAT

personmaftuna 19-05-25, 23:38
0 TRANSPORT VOSITASINING VIN KODLARINI OLISH – DAVLAT ХIZMATLARI MARKAZLARI YOKI YAIDXP ORQALI

Vazirlar Mahkamasining 27.02.2025-yildagi «Transport vositasini ishlab chiqaruvchi yuridik shaхslarga transport...

menu
menu