Kuzatuvchi » Siyosiy » “TEZKOR-QIDIRUV HAMDA TERGOV FAOLIYATIDA SHAXSNING HUQUQ VA ERKINLIKLARINI ISHONCHLI HIMOYA QILISH KAFOLATLARINI YANADA KUCHAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA”GI PREZIDENT FARMONI (PF-89-SON, 10.06.2024 Y.) QABUL QILINDI

“TEZKOR-QIDIRUV HAMDA TERGOV FAOLIYATIDA SHAXSNING HUQUQ VA ERKINLIKLARINI ISHONCHLI HIMOYA QILISH KAFOLATLARINI YANADA KUCHAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA”GI PREZIDENT FARMONI (PF-89-SON, 10.06.2024 Y.) QABUL QILINDI

Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan: 

jinoyat ishlari bo‘yicha sudga qadar ish yurituv davrida protsessual qarorlarga sanksiya berish masalasi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarida alohida sudyalar – tergov sudyalari tomonidan ko‘rib chiqilishi tartibi joriy etiladi;

jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarida tergov sudyasi lavozimi kiritiladi; 

jinoyat ishlari bo‘yicha sudga qadar ish yurituv davrida tergov sudyasi tomonidan protsessual qarorlarga berilgan sanksiyalar faqatgina apellyatsiya instansiyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudi tomonidan yakka tartibda qayta ko‘rib chiqilishi tartibi belgilandi; 

tergov sudyalariga ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati beriladi; 

tergov sudyalari tomonidan ko‘rib chiqiladigan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuqori instansiyalarda qayta ko‘rib chiqishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi.

 

U.NAVRUZOV,

 Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i. 

Boshqa maqolalar

KONSTITUTSIYAVIY QONUN

personmaftuna 29-11-24, 05:09
0 KONSTITUTSIYAVIY QONUN

25.10.2024-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-982-son Konstitutsiyaviy Qonun qabul...

MEHNAT QONUNCHILIGIDA «TA’SIR CHORASI»

personmaftuna 29-09-24, 17:14
0 MEHNAT QONUNCHILIGIDA «TA’SIR CHORASI»

Xodimga intizomiy jazo tayinlash unga nisbatan intizomiy jazo boʻlmagan boshqa ta’sir choralarini qoʻllashni istisno...

AGROSANOAT SOHASIDA QATOR HUJJATLAR TOʻPLAMI TASDIQLANDI

personmaftuna 15-05-25, 11:22
0 AGROSANOAT SOHASIDA QATOR HUJJATLAR TOʻPLAMI TASDIQLANDI

Vazirlar Mahkamasining 23.04.2025-yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq х oʻjaligi vazirligi huzuridagi...

menu
menu