Kuzatuvchi » Siyosiy » YOSHLARNING XALQARO IT-SERTIFIKATLARNI OLISH XARAJATLARINI QOPLAB BERISH BO‘YICHA DAVLAT XIZMATI KO‘RSATILISHI BELGILANGAN

YOSHLARNING XALQARO IT-SERTIFIKATLARNI OLISH XARAJATLARINI QOPLAB BERISH BO‘YICHA DAVLAT XIZMATI KO‘RSATILISHI BELGILANGAN

Hukumat 17.02.2024-yil kungi 95-son qarori bilan  “Yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti” tasdiqlangan. 

Unga ko‘ra, ariza beruvchi xalqaro IT-sertifikat berilgan sanadan 180 kalendar kun mobaynida mazkur sertifikatni olish xarajatlarini qoplab berishni so‘rab, YaIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilishi lozim.

Ariza beruvchining xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarining 60 foizigacha bo‘lgan qismini qoplab berishda ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi sertifikat talab etilmaydi.

Xalqaro IT-sertifikatlar boshlang‘ich darajada bo‘lganda 30 foiz, o‘rta darajada bo‘lganda 40 foiz hamda professional darajada bo‘lganda 60 foiz miqdorda sarflangan xarajatlar qoplab beriladi.

Ingliz tili bo‘yicha V2 va undan yuqori darajadagi hamda professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatga ega bo‘lgan yoshlarning xalqaro
 IT-sertifikatni olish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.

U.NAVRUZOV,

 Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i. 

Boshqa maqolalar

BYUDJETLARNI TOʻLDIRISH QOIDALARI OʻZGARMOQDA

personmaftuna 12-02-25, 01:15
0 BYUDJETLARNI TOʻLDIRISH QOIDALARI OʻZGARMOQDA

Iqtisodiyot va moliya vazirining «Bojхona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga...

YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI VAZIRLAR MAHKAMASI TASARRUFIGA

personmaftuna 21-03-24, 11:37
0 YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI VAZIRLAR MAHKAMASI TASARRUFIGA OʻTKAZILDI

Prezidentning 20.01.2024-yildagi PF-18-sonli «Yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini...

KONSTITUTSIYADA PARLAMENTNING O‘RNI VA VAZIFALARI

personmaftuna 29-11-24, 06:18
0 KONSTITUTSIYADA PARLAMENTNING O‘RNI VA VAZIFALARI

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida parlament – Oliy Majlis davlat hokimiyatining vakillik va qonun chiqaruvchi...

menu
menu