PEDAGOG KADRLARNI KASBIY SERTIFIKATLASH BO‘YICHA DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILADI
Hukumatning 12.02.2024-yil kungi 87-son qarori bilan “Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti” tasdiqlangan
Unga ko‘ra, pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma’lumotli talabgorlar stajyor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritadi va ular ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab 1 yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi.
Kasbiy sertifikatlash jarayoniga talabgor o‘z muddatida jalb etilishi uchun u faoliyat ko‘rsatayotgan davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotining rahbari mas’ul hisoblanadi.
Talabgor nazorat sinovida qatnashish uchun so‘rovnomani davlat xizmatlari markazlariga shaxsan borib yoki YaIDXP (my.gov.uz)da to‘ldirgan holda ro‘yxatdan o‘tadi.
Kasbiy sertifikat olish uchun nazorat sinovi qoida tariqasida, har yili mart – may oylarida test shaklida o‘tkaziladi.
Nazorat sinovi natijasi bo‘yicha 56 va undan yuqori ball to‘plagan talabgor nazorat sinovidan o‘tgan hisoblanadi va elektron shakldagi sertifikat uning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etib, yetarli ball to‘play olmagan talabgor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinadi.
U.NAVRUZOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.Boshqa maqolalar
OʻZAGROINSPEKSIYANING VAZIFALARI KENGAYTIRILDI
personmaftuna 21-02-25, 09:32O ‘ zbekiston Respublikasi Prezidentning 22.10.2024-yildagi PF-164-sonli Farmoni bilan agrosanoat majmuida davlat...
DAVLAT GRANTI ASOSIDA O‘QISHNI BITIRSA, 3 YIL ISHLAB BERISH
personmaftuna 10-12-24, 10:40– Test sinovlarida maksimal ball to‘ plab, davlat granti asosida oliygohga o‘qishga kirdim. Endi o‘qishni bitirganimdan...
YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKOR TOMONIDAN AGENT SIFATIDA
personmaftuna 14-06-24, 02:0424.05.2024-yildagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish...