NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR VA IJTIMOIY TA’MINOT HUQUQINI TA’MINLAYDIGAN KONSTITUTSIYA
Mehnatga layoqatsiz va yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalarining huquqlari davlat himoyasidadir.
Davlat aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarining hayoti sifatini oshirish choralarini ko‘radi.
Davlat nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy, iqtisodiy hamda madaniy sohalar obyektlari va xizmatlaridan to‘laqonli foydalanishi uchun shart-sharoit yaratadi.
Davlat nogironligi bo‘lgan shaxslarning ishga joylashishiga, ta’lim olishiga ko‘maklashadi, ularga zarur bo‘lgan axborotni moneliksiz olish imkoniyatini ta’minlaydi.
Ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanadi.
Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi qonun bilan belgilanadi.
Hukumat aholini, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilinishini ta’minlaydi.
Fuqarolarga tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi bepul ko‘rsatiladi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan pensiya, nafaqa va boshqa turdagi ijtimoiy yordamning miqdorlari eng kam iste’mol xarajatlaridan oz bo‘lishi mumkin emas.
N.NURJONOV,
Yangibozor tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
TAQSIMLASH ELEKTR TARMOQLARIDAN FOYDALANISH QOIDALARI
personmaftuna 28-10-24, 15:41O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.10.2024-yildagi VMQ-652-sonli qarori bilan 2025-yil yanvardan kuchga...
FIRMA NOMIDA QANDAY PRINSIPLARGA ZID BO‘LGAN BELGILAR
personmaftuna 29-06-24, 09:13O‘zbekiston Respublikasi “Firma nomlari to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasiga (https://lex.uz/docs/-1055517) asosan...
ТАДБИРКОРЛИКНИ ЙЎЛГА ҚЎЙИШГА КЎМАКЛАШИШ ҚУЙИДАГИ
personmaftuna 14-12-24, 11:41а) ўқув курсларини ташкил этиш орқали тадбиркорлик фаолиятини йўлга қўйиш истагини билдирган ва хотин-қизларнинг...