Kuzatuvchi » Siyosiy » YANGI QAROR AHOLINI BIZNES TASHABBUSLARINI MOLIYALASHTIRISH TAKOMILLASHTIRILADI

YANGI QAROR AHOLINI BIZNES TASHABBUSLARINI MOLIYALASHTIRISH TAKOMILLASHTIRILADI

02.04.2024-yil kungi PQ-149-son "Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini moliyalashtirishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2024-yil 1-apreldan 2024-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarga (asosiy ish joyiga ega shaxslar bundan mustasno) quyidagicha ajratiladi:

33 million so‘mgacha, bir yildan so‘ng ushbu qarz oluvchining tadbirkorlik faoliyati samaradorligi, qarzning maqsadli ishlatilganligi hamda zaruratga qarab guruh kafilligi (kamida 3 nafar fuqaro) bilan qo‘shimcha 50 mln so‘mgacha revolver asosida;

ushbu kreditlardan tomorqani rivojlantirishning bir nechta yo‘nalishlarida (parrandachilik, quyonchilik, chorvachilik, asalarichilik, baliqchilik va ixcham issiqxona) foydalanishi uchun;

yer maydoni 10 sotixdan ortiq bo‘lgan tomorqa yer egalariga va ijarachilarga 50 mln so‘mgacha garovsiz;

10 sotixli ixcham issiqxonalarni barpo etish va baliqchilik faoliyatini tashkil etish uchun 100 mln so‘mgacha garovsiz.

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi vakolatli banklar bilan birgalikda 2024-yil 1-iyuldan mahallalarda dasturlar doirasida ajratilgan kreditlardan maqsadli foydalanilishi monitoringini va ularning samaradorligini baholash mexanizmini joriy etadi.

 

U.NAVRUZOV,

 Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i. 

Boshqa maqolalar

AGTKSH UCHUN QOʻSHIMCHA TALABLAR BELGILANDI

personmaftuna 05-08-24, 20:25
0 AGTKSH  UCHUN  QOʻSHIMCHA TALABLAR BELGILANDI

Hujjat tabiiy gaz resurslaridan oqilona foydalanish hamda siqilgan gazni avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor...

VAQTINCHA YASHOVCHILAR

personmaftuna 14-06-24, 02:06
0 VAQTINCHA YASHOVCHILAR

Ijaraga oluvchi va u bilan birga doimiy yashaydigan fuqarolar umumiy kelishuvga binoan va ijaraga beruvchini oldindan...

IT VA MUSHUKLARNI BOQISH QOIDALARINI BUZGANLIK UCHUN

personmaftuna 07-02-25, 13:48
0 IT VA MUSHUKLARNI BOQISH QOIDALARINI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK BOR!

Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 110-moddasiga asosan, shaharlar va boshqa aholi punktlarida it va mushuk...

menu
menu