Kuzatuvchi » Siyosiy » NIKOH TUZISH TARTIBI

NIKOH TUZISH TARTIBI

Oila kodeksining 13-moddasiga asosan, nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi.

Diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh huquqiy ahamiyatga ega emas.

Nikoh tuzish nikohlanuvchilarning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlariga ariza berganlaridan keyin bir oy o‘tgach, shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi.

Uzrli sabablar bo‘lganda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi bir oy o‘tgunga qadar nikoh tuzishga ruxsat berishi mumkin.

Alohida hollar (homiladorlik, bola tug‘ilishi, bir tarafning kasalligi va boshqalar)da nikoh ariza berilgan kuni tuzilishi mumkin.

Nikoh tuzish fuqarolik holati dalolatnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi nikohni ro‘yxatga olishni rad etganda, shikoyat bilan bevosita sudga yoki bo‘ysunishiga ko‘ra yuqori turuvchi organga murojaat qilinishi mumkin.

 

U.NAVRUZOV,

 Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i. 

Boshqa maqolalar

БИЛАСИЗМИ?

personmaftuna 28-03-24, 10:05
0 БИЛАСИЗМИ?

Қонунчиликка кўра, иш берувчи ходимнинг меҳнатда майиб бўлиши ва касб касаллиги туфайли ҳаётига ёки соғлиғига...

DAVLAT XARIDLARINI REJALASHTIRISH NIMA ?

personmaftuna 28-06-24, 23:34
0 DAVLAT XARIDLARINI REJALASHTIRISH NIMA ?

O‘zbekiston Respublikasining Davlat xaridlari to‘g‘risida qonuni 12.03.2021-yil qonuni asosan. O‘zbekiston Respublikasi...

KASBIGA NISBATAN SOVUQQONLIK JAVOBGARLIKKA SABAB BO‘LADI

personmaftuna 11-12-24, 23:52
0 KASBIGA NISBATAN SOVUQQONLIK JAVOBGARLIKKA SABAB BO‘LADI

Shaxsning o‘z kasbiga nisbatan beparvoligi yoki insofsizlik bilan munosabatda bo‘lishi tufayli kasb yuzasidan o‘z...

menu
menu