ENDILIKDA DAVLAT OTMLARIGA QABUL 2 BOSQICHDA BO‘LADI
Prezidentning 24.05.2024-yil kungi 81-son Farmoniga asosan,
➖ 2024-2025 o‘quv yilidan davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkaziladi.
➖ Abiturientlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi.
Davlat OTMlari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi 2 bosqichda amalga oshiriladi:
1➖bosqichda abiturientlar har yili 5 iyundan 25 iyungacha (25 iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi;
2➖ bosqichda abiturientlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.
o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.
➖ 2025/2026 o‘quv yili qabulidan fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.
➖ Barcha davlat kollej va texnikumlariga “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq qabul qilishda abiturientlar kollej va texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlarga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi.
U.NAVRUZOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
BIZNES-OMBUDSMAN SOLIQ ORGANLARI QO‘LLAGAN JARIMANI
personmaftuna 09-02-24, 22:44Tadbirkor B.J. Qarshi shahridagi Tadbirkor virtual offisiga soliq organining qarori ustidan shikoyat bilan murojaat...
SOLIQ TO‘LOVCHILARNING HUQUQLARI
personmaftuna 26-03-24, 02:17Soliq to‘lovchilar quyidagi huquqlarga ega: soliq organlaridan va boshqa vakolatli organlardan (ularning vakolatlari...
MA’MURIY HUQUQBUZARLIK BOʻYICHA QABUL QILINGAN QARORGA
personmaftuna 22-02-24, 07:32Prezident tomonidan 25.12.2023-yildagi “Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish...