Kuzatuvchi » Siyosiy » NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR VA IJTIMOIY TA’MINOT HUQUQINI TA’MINLAYDIGAN KONSTITUTSIYA

NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR VA IJTIMOIY TA’MINOT HUQUQINI TA’MINLAYDIGAN KONSTITUTSIYA

Mehnatga layoqatsiz va yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalarining huquqlari davlat himoyasidadir.

Davlat aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarining hayoti sifatini oshirish choralarini ko‘radi. 

Davlat nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy, iqtisodiy hamda madaniy sohalar obyektlari va xizmatlaridan to‘laqonli foydalanishi uchun shart-sharoit yaratadi.

Davlat nogironligi bo‘lgan shaxslarning ishga joylashishiga, ta’lim olishiga ko‘maklashadi, ularga zarur bo‘lgan axborotni moneliksiz olish imkoniyatini ta’minlaydi. 

Ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanadi. 

Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi qonun bilan belgilanadi. 

Hukumat aholini, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilinishini ta’minlaydi. 

Fuqarolarga tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi bepul ko‘rsatiladi. 

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan pensiya, nafaqa va boshqa turdagi ijtimoiy yordamning miqdorlari eng kam iste’mol xarajatlaridan oz bo‘lishi mumkin emas.

N.NURJONOV,

Yangibozor tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

Boshqa maqolalar

VOSITACHILIK SHARTNOMASI

personmaftuna 14-05-24, 02:35
0 VOSITACHILIK SHARTNOMASI

Vositachilik shartnomasi bo‘yicha bir taraf vositachi ikkinchi tarafning komitent topshirig‘i bo‘yicha o‘z nomidan,...

KEKSA YOSHDAGI SHAXSLARGA BERILGAN AYRIM IMTIYOZLAR

personmaftuna 19-09-24, 00:37
0 KEKSA YOSHDAGI SHAXSLARGA BERILGAN AYRIM IMTIYOZLAR

Prezidentning 2022-yildagi 167-son qaroriga asosan; o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar va yolg‘iz...

ИШ СТАЖИ ЕТАРЛИ БЎЛМАСА ҲАМ ПЕНСИЯ ТАЙИНЛАНАДИМИ?

personmaftuna 07-06-25, 20:52
0 ИШ СТАЖИ ЕТАРЛИ БЎЛМАСА ҲАМ ПЕНСИЯ ТАЙИНЛАНАДИМИ?

Стаж етарли бўлмаганда ҳам пенсия тайинланиши мумкин. Бунда фуқароларга иш стажи тўлиқ бўлмаган чоғдаги пенсия бор...

menu
menu