KORXONADA SHTATLAR QISQARGANDA ISHDA QOLISH UCHUN KIMLAR IMTIYOZLI HUQUQQA EGA ?
Amaldagi Mehnat kodeksining 167-moddasiga asosan, korxonada xodimlar soni (shtati) qisqarishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishda qoldirish uchun imtiyozli huquq malakasi va mehnat unumdorligi yuqoriroq bo‘lgan xodimlarga beriladi.
Malakasi va mehnat unumdorligi bir xil bo‘lgan taqdirda quyidagilarga afzallik beriladi:
qaramog‘ida ikki yoki undan ortiq kishi bo‘lgan xodimlarga;
oilasida undan bo‘lak mustaqil ish haqi oluvchi bo‘lmagan shaxslarga;
mazkur korxonada ko‘p yillik ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga;
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy va o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlarida mehnat shartnomasiga ko‘ra tegishli mutaxassislik bo‘yicha o‘z malakasini oshirayotgan xodimlarga hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy va o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlarini tamomlagan shaxslarga o‘qishni tamomlaganidan keyin mutaxassisligi bo‘yicha ishlash sharti bilan uch yil mobaynida;
mazkur korxonada mehnatda mayib bo‘lib qolgan yoki kasb kasalligini orttirgan shaxslarga;
nogironligi bo‘lgan shaxslarga;
urush nogironlari, urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga;
atom ob’ektlaridagi falokatlar oqibatida kelib chiqqan oshirilgan radiatsiya nurlanishi bilan bog‘liq nurlanish kasalligi va boshqa kasalliklarga yo‘liqqan yoki shunday kasalliklarni boshidan kechirgan shaxslarga.
U.NAVRUZOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
IKKI YOSHGA TO‘LMAGAN FARZANDI BOR AYOLLAR UCHUN MEHNAT
personmaftuna 07-02-25, 13:40Mehnat kodeksi 397-moddasiga asosan 3 yoshga to‘lmagan bolaning byudjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlarda...
ENERGETIKA VAZIRLIGI ELEKTR VA GAZ BOʻYICHA LIMITLARNI
personmaftuna 19-05-25, 23:33Vazirlar Mahkamasining 28.02.2025-yildagi «Yoqilgʻi-energetika resurslari iste’molchilarini qoʻllab-quvvatlash...
PARRANDACHILIK SOHASINI QANDAY QOʻLLAB-QUVVATLASHADI?
personmaftuna 05-08-24, 17:39Prezidentning 2024-yil 27-iyundagi «Parrandachilik sohasini yanada qoʻllab-quvvatlash, zamonaviy genetik te х...